Munosabatlarning boshlanishi gullar, shirinliklar, sevgi izhorlari kabi turli yoqimli lahzalarga boy. Biroq, oilaviy hayotda romantika asta-sekin e’tiborsizlik bilan almashinib boradi. Ko’pgina erkaklar poligam mavjudot ekanliklarini hisobga olgan holda, ko’plab ayollar ushbu savolga qiziqish bildirmoqda: erga yoqish uchun nima qilish kerak, uning o’z ayoliga bo’lgan qiziqishini qanday saqlab qolsa bo’ladi.
Erga yoqish sirlari
Mundarija: [Yashirish]
1 Ko’p yillar davomida erga yoqish uchun
2 Er uchun yagona bo’lib qolish
2.1 Tashqi ko’rinish
2.2 G’amxo’rlik
2.3 Shaxsiy baho
2.4 Fe’l-atvor
2.5 Odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati
Ko’p yillar davomida erga yoqish uchun
Avvalo, turmush o’rtog’ingizga yoqish uchun, hatto nikohdan keyin ancha yillar o’tgan bo’lsa ham, o’zingizga qarab yurishni unutmang.
Jozibali ko’rinishga ega bo’lgan ayol har doim har qanday erkakda kuchli qiziqish uyg’otadi. Eringiz siz atrofdagilar uchun qiziqish uyg’otayotganingizni ko’rishi kerak. Bu ko’chaga chiqib o’zini ko’z-ko’z qilish degani emas, shunchaki tashqi ko’rinish go’zal bo’lish kerakligini anglatadi.
Shu bilan birga, boshqalarga yoqishingizga qaramasdan, eringiz sizning sadoqatli ekaningizga to’liq ishonishi kerak.
Erga yoqish usullari orasida eng yaxshisi — eringizni muntazam maqtashingiz kerak. Aksariyat erkaklar juda qattiq bo’lsa-da, ularning hech biri yaxshi iltifotlardan voz kechmaydi. Eringizga doimo u kuchli inson, sizning umidingiz va ishongan tog’ingiz ekanligini eslatib turishga harakat qiling. Bunday so’zlardan keyin sizning hayotingizni yaxshiroq qilish uchun eringiz hamma narsaga tayyor bo’lishiga amin bo’lasiz.
Turmush o’rtog’ingiz bilan bir necha yil birga yashayotgan bo’lsangiz ham, erga yoqish uchun bir nechta maslahatlar mavjud:
U bir vaqtlar sevib qolgan qizga aylaning. Muloyim, mehribon va xushmuomala bo’ling (lekin haddan tashqari ham emas!). Har bir er uy bekasini emas, balki o’z yuragini zabt etgan nozik qizni ko’rishni xohlaydi;
Romantik biron joyga boring, masalan restoranga, eringiz sizni u yerda bor chiroyingizni ko’radi. Bu erkaklarni harakatlarga ilhomlantiradi va siz qaroringizdan pushaymon bo’lmaysiz;
Unutilmas romantik kechki ovqat tayyorlang. Qorong’u xonada xushbo’y shamlar yanada ko’proq romantika qo’shadi. To’yimli ovqat tayyorlamang. Yaxshisi turli ovqatlardan kam-kam tayyorlang va dasturxonni to’ldiring. Agar eringiz shirinsevar bo’lsa, shirinliklar va turli xil mevalar uchun ko’proq afzallik bering;
Eringizni mamnun qilish uchun o’zingizni ko’z-ko’z qiling. Erni ko’nglini olish uchun buni ancha vaqtdan buyon qilmagan edingiz. Tabiiyki, u yoqimli hayron bo’ladi;
Qomatingizni me’yorga keltiring. Oddiy uy sharoitidagi fitnes sizga yaxshi yordam berish va mushaklaringizni chiniqtirishi mumkin. Shuningdek, bu sog’liq uchun ham foydalidir;
Obrazingizni o’zgartiring. Har kuni turli xil, yangi, oldindan aytib bo’lmaydigan obrazlarda bo’ling. Eringiz sizning harakatlaringizni qadrlaydi va sizni e’tiborsiz qoldirmaydi;
Ozish uchun nima qilish kerak→
Chaqqon bo’ling. Eringiz bilan qiziqing, oldingizda turgan tanlovlarni u bilan muhokama qiling. Yangi narsalarga qiziqib, unga bu haqida xabar bering;
Xobbi. Eringizni mamnun qilish uchun bo’sh vaqtni u bilan birga o’tkazing. Hayotdagi barcha narsadan birga bahramand bo’ling. Teatrga boring, raqsga tushing. O’z sevimli mashg’ulotlariningizni ko’p qirrali qiling. Erga yoqish uchun uchun hayotingizga biroz ekstrim, faol dam olish qo’shing.
Erkak ko’nglini olish→
Agar siz bir-biringizni to’y kuningizdagidek sevsangiz, oilaviy hayot osonroq va yoqimliroq bo’ladi. Bunday shart-sharoitlarni yaratish juda qiyin, lekin biroz harakat qilish kerak va natija o’zini uzoq kuttirmaydi. Uning ko’zlari qanday «porlab» turganini va siz baxtdan qanday nur taratayotganingizni ko’rasiz. Albatta sevgidan.
Er uchun yagona bo’lib qolish
Ayol — bu o’ziga xos go’zal vakil. Ularning chiroyli yoki chiroyli emaslari bo’lmaydi, ko’p erkaklar shunday hisoblashadi. Ayollarga tozalik, ozodalik xosdir.
Lekin nega ba’zi erkaklar ularga e’tibor berishni to’xtatadilar, nega ularga bo’lgan qiziqishni yo’qotadilar? Hozir ana shu haqida gaplashamiz.
Ko’pincha ayollar unutib qo’yadilar, erkaklar — ularning go’zalligini asosiy baholovchilar hisoblanadi, shuning uchun sizning yaxshi eringiz bo’lsa ham, o’zingizga va go’zalligingizga e’tibor berishni tashlab qo’ymang.
Ko’pincha ayollar uyda uy uchun yoki eski kiyimda, bo’yanmasdan va to’zigan sochlari bilan yurishadi. Erkak chiroyli malika bilan tanishgan edi, hozir esa uyda haqiqiy «baqa» ni ko’rmoqda.
Shu sababli, ko’plab erkaklar o’z xotinlariga qiziqishni yo’qotishadi, boshqa ayollarga qarashni boshlashadi, ichishga berilib ketadi. Va buning uchun eringizni ayblamang va u bilan janjallashmang, ehtimol vaziyatni chuqurroq ko’rib chiqish va o’zgartirish kerakdir? Xo’sh, turmush o’rtog’ingizga yoqish uchun nima qilish kerak:
Tashqi ko’rinish
Ayol kishi kunning istalgan vaqtida jozibador ko’rinishi kerak. Hatto ertalab uyg’ongach, sochlarni chiroyli turmaklash, ko’zga yoqadigan chiroyli kiyimlar kiyish tavsiya etiladi, hatto uy uchun kiyim bo’lsa ham, sizni ushbu libosda ko’rish yoqimli bo’lsin.
Bugungi kunda yaxshi ko’rinish sizdan ko’p vaqt va energiya talab qilmaydi — zamonaviy go’zallik sanoati o’zingizga qarashni dam olish kabi qilib qo’ygan.
Siz go’zallik salonida o’zingizni tartibga keltirasizmi yoki uy sharoitida, bu muhim emas. Uy sharoitida go’zal ko’rinish uchun turli usullar, niqoblar, retseptlar, vositalar va asboblar mavjud, ular sizga o’zingizni doimo Klepoatra kabi his qilishingizga ko’maklashadi. Axir, o’ziga e’tibor beradigan ayol — o’ziga ishongan ayol. Bu eri uchun yagona hisoblanadigan ayol.
O’zingizga «erim hohlaydigan va u uchun yagona hisoblanadigan bo’lish uchun nima qilish kerak?» degan savol bersangiz, doim bir narsani yodda tuting: siz eringiz uchun yagonasiz, u sizni tanlab bo’ldi. Siz kabi ikkinchi ayol dunyoda yo’q. Shuning uchun o’zingizni qadrlashingiz, hurmat qilishingiz va sevishingiz kerak.
Har doim o’zingiz uchun ozgina vaqt toping, o’zingizga har doim munosib dam olishga ruxsat bering. Birinchidan, qalbingiz va tanangizga e’tiborli bo’ling. Va shunda bir kun kelib siz allaqachon eringiz uchun o’sha yagona ekanligingizni tushunib yetasiz.
G’amxo’rlik
Uyda lazzatli taom bo’lsa, har bir erkak xursand bo’ladi. Bejizga aytishmaydiku, erkak kishining qalbiga yo’l oshqozoni orqali deb. Turmush o’rtog’ingizni u yoqtirgan taom yoki mazali pishiriq bilan xursand qiling.
Erkaklar taomnomasi albatta turli xil bo’lishi kerak. Agar siz lazzatli ovqat tayyorlashni o’rgansangiz va eringizni tez-tez yangi va o’ziga xos taomlar bilan xursand qilib tursangiz, u sizning mehnatingizni bee’tibor qoldirmaydi. Va ishoning, u o’z hamkasblariga va do’stlariga sevgan yori qanday qo’li shirin va aqlli ekani bilan maqtanadi.
Shaxsiy baho
O’zingizga bo’lgan munosabatingiz atrofingizdagi odamning sizga qanday munosabatda bo’lishini belgilab beradi. Bachkanalik va bo’lar-bo’lmas gaplar bu gaplashish uchun sabab emas. Agar boshqalar sizga nisbatan jiddiy bo’lmagan va yuzaki munosabatda bo’lishini istamasangiz, bunday qilmang. Xulq-atvor va tarbiya sizning oldingizda qanday inson ekanligini aniq belgilaydigan mezondir.
Fe’l-atvor
Erga yoqish uchun quvnoq xonim bo’ling! Uyni yig’ishtirish bayramga aylanishi kerak, chunki agar siz ishlarni shikoyat qilishdan boshlasangiz, nafaqat o’zingizni, balki yoringizni ham kayfiyatingizni buzishingiz mumkin. Sevimli musiqangizni qo’ying va raqs tushib va kulib ishlarni bajaring, lekin charchadim va menga hech kim yordam bermayapti deb o’ylamang.
Agar chindan ham qiyin bo’lsa, unda siz makkoralik bilan eringizdan u yoki bu ishni bajarib berishni iltimos qiling, unga ham yoqimli, u o’zisiz bir ish bitmasligini his qiladi va uy tozaligidan mamnun bo’ladi.
Odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati
Eringizning do’stlari va qarindoshlarini hurmat qilishni o’rganing. Birinchidan, eringizni har qadamini nazorat qilmang, ishonishni o’rganing. Uning do’stlari kelganda o’zingizni og’ir-bosiq tuting, barchasini ko’ngildan bajaring. Shunda eringizga sizni maqtab qo’yishadi. Qaynonangiz bilan eng yaxshi do’st bo’ling, uning maslahatini tinglang va uni rozi qilishga harakat qiling.
Agar suyukli yoringiz sizga siz yoqtirmaydigan gullarni sotib olib bersa, noto’g’ri sovg’alar qilsa, siz xohlamagan restoranlarga olib boradigan bo’lsa, eringizni koyimang va norozilik bildirmang. Erkaklar kichkina bolalar kabi, ularga faqatgina bildirmasdan sizga nimalar yoqishini aytib qo’ying va ular hamma narsani to’g’ri qila boshlashadi.
Ushbu qoidalarga rioya qilish orqali siz ko’p yillar davomida eringiz uchun yakkayu yagona bo’lasiz va u sizni hech qachon kuttirib qo’ymaydi va sizga bor mehr-muhabbatini beradi. Ishi tugagach, uyga, oilasi davrasiga tezroq qaytishga harakat qiladi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9