- Dard kuchli irodaga ega insonlarni o'ldirishi mumkin, ammo sindirolmaydi.
- Men tildan qolgan emasman, biroq hech o'zim istagan gaplarimni gapira olmayman.
- G'azab vaqti qabul qilingan qarorlar vaziyatni faqatgina yomonlashtiradi.
- Hamma ayb tarbiyada emas, inson aqlini tanigach har qanday holatda ham o'z-o'zini qayta tarbiyalab olishi mumkin.
- Bugun bajarmaslik ertangi huzur-halovatni yo'qqa chiqarishdir.
- Maqsadga yarasha intilish ham bo'lishi zarur.
- Inson ongli mavjudod, chegara esa hayvonlarga kerak.
- O'zingizni ko'p qiynamang, ba'zi bir odamlar hech qachon o'zgarmaydi, ularni o'zgartirish uchun qalbini almashtirish kerak.
- Hayotda pessimist emas optimist bo'ling, zero, siz ko'zguga qanday boqsangiz u ham sizga shunday boqadi. Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, g'urbat izlaganga g'urbatdir dunyo!
- Ilmli kishining hayot tashvishlaridan holi bo'lgan holda yagona maqsadi bo'ladi u ham bo'lsa ko'proq ilm olish!
- Fursat borida ilm o'rgan! Ilm kerak bo'lganda fursat bo'lmasligi mumkin!
- Sening yolg'onlaring hayotingga shunchalik chuqur kirib bordiki, hatto o'zing haqiqatni aslida qanday ekanligini ajrata olmay qolding.
- Kechagi o'tgan kuningni sarhisobini bugun qilasan! Baxt bu doim ham xursandchilik yoki farovonlik degani emas. Bazida baxt sen baxtsizlik deb ataydigan muhitda tug'iladi. Hayotning har bir daqiqasi sen uchun bir imtihon ekanligini unutma.
- Kechagi kun o'tmish, bugungi kun sir, ertangi kun esa sovg'a.
- G'oya izlang! uni hayotingiz mazmuniga aylantiring, u haqida o'ylang, u haqida orzu qiling, uni ichida yashang. Sizni aqlingiz, muskullaringiz, asablaringiz va tanangizni har bir a'zosi ushbu birgina g'oya bilan to'lib toshsin. Mana shu muvaffaqiyat yo'lidir!
- Vaqt - bu insoniyat boyligidir. Faqat uning moddiy boylikdan yagona farqi shundaki, hisobingda qancha qolganini nazorat qila olmaysan.
- Har birimiz xato qilishdan xoli emasmiz. Ammo shunday insonlar borki, ular bir xatoni qayta-qayta takrorlayveradilar. Michigan universitetining klinik psixofiziologiya kafedrasi olimlari xato qilish borasida odamlar ikki toifaga bo'linishlarini aniqlashdi. Birinchi toifadagilar ruhan "Men bu borada hech qachon zo'r bo'la olmayman" qabilida ish tutishadi. Ikkinchi toifadagilar esa quyidagicha fikr yuritishadi: "Negadir o'xshamadi. Balki men xatoga yo'l qo'ygandirman? Qayerda xato qilganimni aniqlashim kerak".
- Aqlli, omadli odamlar xatoga yo'l qo'ymaslikdan kafolatlanmagan, faqat ular o'z xatolaridan xulosa chiqarishadi. Aqlli odamlar quyidagi xatolarni hech qachon takrorlamaydilar.
- Hech narsa qilmay qo'l qovushtirib o'tirgandan ko'ra 100 martalab xato qilib biror natijaga erishgan afzalroqdir.
- Boshqa natijani kutib bir ishni qayta-qayta qilish
Albert Enshteyn faqat ahmoqlargina boshqa natija bo'lishiga ishonib bir ishni qayta-qayta qilishlarini ta'kidlagan. Oqibati qanday bo'lishi aniq bo'lsa ham ayrimlar ikkini ikkiga qayta-qayta ko'paytiraversa besh chiqadi, deb o'ylashadi. Aqlli insonlar esa bilishadi: boshqa natijaga erishish uchun bu ishga boshqacha yo'l bilan yondashish kerak.
- Yaxshilik qilaylik zero bizdan yaxshilik qolsin yaxshilar.
- Yosh o'tib borgan sayin ongli ravishda muayyan pog'onada tura bilmoq kerak.
- Insonning narsalarga va boshqa odamlarga nisbatan munosabati o'zgarganida, ularning ham odamga munosabati o'zgarib qolishini odamzot anglab olgan... Shuning uchun odam qat'iy ravishda o'z fikrlarini o'zgartirishi shart, ana o'shanda u hayrat ichida o'z hayotidagi maishiy sharoitlar tezlik bilan qanday o'zgarayotganini ko'radi. Odamlarni ular xohlagan narsalar emas, balki xudo ato etgan taqdir, o'z - o'zimizda mavjud bo'lgan narsalar belgilab bergan... Bu bizning to'laqonli mohiyatimizdir... Inson qo'lga kiritganlarining bari - uning shaxsiy fikrlarining to'g'ridan-to'g'ri mahsulidir... Inson o'z fikrlarini yuksaltirgan holdagina balandlikka ko'tariladi, g'alaba va yutuqqa erishadi. Aksincha, o'z fikrlarini yuksaklikka ko'tarishni xohlamas ekan, u zaif, bechora va baxtsiz bo'lib qolaveradi.
- Inson dunyoga kelishini o'zi belgilamagan. Shunday ekan bu dunyodan ketishni ham belgilashga haqqi yo'q.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1