Мен хам телефон олдим.
Туйиб гаплашаман деб,
Купгина пул хам солдим.
Замонавий булай деб,
Интернетга уландим.
Уч кун утмай "одноклассники ни,
Касалига айландим.
Хар шахарда, хар хил ёш,
Гузал кизлар калам-кош.
Гаплашдим хуп кизикиб.
Дустим булди однодош.
Кунлар утди, ой утди,
Бир кизга ишким кетди,
Ёзиб ширин сузларни,
Узига мафтун этди.
Шеърлар битиб тонггача,
Сухбатлашиб шомгача,
Ухламадик хаттоки,
Юлдуз санаб тонггача.
Мухаббатдан суйлашиб,
Хаёлларда уйнашиб.
Лайли-Мажнун булдик биз,
Ишк дардида куйлашиб.
Бахтли эдим гуёки,
Топдим деб зур гузални.
Кизгонардим соямдан,
Хаттоки у асални.
Кунлар утиб, кун сайин,
Севгимиз булди майин.
Однодаги киз билан,
Учрашув булди тайин.
Ок ювиниб, ок тараб,
Ойнага минг бор караб.
Севгилимни курай деб,
Отландим шахар тараф.
Юрак тула хаяжон,
Бордим айтган манзилга.
Смс келди шу он,
Хафа булманг хазилга.
Афсус, афсус шунча ой,
Ишк дардида куйганим.
Хазилкаш бола экан,
Жоним дея суйганим.
Киз бола почтасидан,
Чиккан экан зорманда.
Севдим деса ишониб,
Роса булдим шарманда.
Аччигимдан чидолмай,
Телефонни отвордим.
Синмай колган кисмини,
Запчаст килиб сотвордим!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5
1. Sharoitni o`zgartiring. Ba`zan o`zingizga mutlaqo notanish, begona joyda bo`lish ham hayotga boshqacha nazar tashlashingizga sabab bo`ladi. Kim biladi deysiz, balki bu narsa biror muammoni hal qilishda qo`l kelar?
2. Sport bilan shug`ullaning. Ozgina “yaqin masofaga yugurish” ham insonning o`ziga nisbatan ishonchini oshiradi. Bekorga xalqimiz “Sog`lom tanda — sog` aql” demagan.
3. Keraksiz, eski buyumlardan voz keching. Uyingiz kengayadigan bo`lsa, o`ylash ham, nafas olish ham engillashadi.
4.Yangi tanishlar orttirish. Atrofimizdagi odamlar fikrlashimizga ta`sir qiladi. Yoqimli, o`zgacha fikrlaydigan odam bilan tanishish foydadan xoli bo`lmaydi.
5. Biror kun “bekorchilik” bilan shug`ullanib, o`zingizga dam bering. Ba`zi-ba`zida ishni yig`ishti...ЕщёBa`zida inson qanchalik olg`a intilmasin, ishi ortga ketib, omadsizlikka uchraydi. AdMe.ru nashri qiyin vaziyatlardan chiqib ketishning bir necha usullarini sizga tavsiya etadi, asosiysi to`xtab qolmay, hammasini yangidan boshlash lozim.
1. Sharoitni o`zgartiring. Ba`zan o`zingizga mutlaqo notanish, begona joyda bo`lish ham hayotga boshqacha nazar tashlashingizga sabab bo`ladi. Kim biladi deysiz, balki bu narsa biror muammoni hal qilishda qo`l kelar?
2. Sport bilan shug`ullaning. Ozgina “yaqin masofaga yugurish” ham insonning o`ziga nisbatan ishonchini oshiradi. Bekorga xalqimiz “Sog`lom tanda — sog` aql” demagan.
3. Keraksiz, eski buyumlardan voz keching. Uyingiz kengayadigan bo`lsa, o`ylash ham, nafas olish ham engillashadi.
4.Yangi tanishlar orttirish. Atrofimizdagi odamlar fikrlashimizga ta`sir qiladi. Yoqimli, o`zgacha fikrlaydigan odam bilan tanishish foydadan xoli bo`lmaydi.
5. Biror kun “bekorchilik” bilan shug`ullanib, o`zingizga dam bering. Ba`zi-ba`zida ishni yig`ishtirib, uyda dam olishga harakat qiling. Bir kun dam olganingizda hech nima o`zgarmaydi, balki xotirjam bo`lish va hamma narsani o`ylab ko`rish imkoniyati tug`iladi.
6. Tashqi qiyofangizni o`zgartiring. Sochingizni boshqa rangga bo`yang, soch turmagingizni, makiyajingizni o`zgartiring, liboslaringizni yangilang. Bu narsalar hayotga boshqacha ko`z bilan qarashingizga yordam beradi.
7. Maslahat so`rashdan tortinmang. Agar biror muammoli vaziyatga tushib qolsangiz, maslahat va yordam so`rashdan uyalmang. Bu masalada onangizga murojaat qilganingiz ma`qul, chunki onalar har qanday vaziyatda ham farzandini tushunishga, qo`llab-quvvatlashga harakat qiladi.
8. To`g`ri ovqatlanishga harakat qiling. Inson stressga tushganda turli fast-fudlarga ruju qo`yadi, bundan sog`ligingiz yomonlashishi mumkin. Asabiylashgan vaqtingizda ko`proq meva va sabzavotlarni iste`mol qilishga kirishing. Ular inson kayfiyatini ko`tarish xususiyatiga ega.
9. Biror kursga yoziling. Yangi hunar o`rganish — yangi imkoniyatlar kalitidir.
10. Chet tilini o`rganing. Bu olam cheksiz siz unda yashovchi yagona inson emasligingizni eslatishning eng yaxshi usullaridan biridir. Agar birorta xitoycha yoki inglizcha so`zni o`rganishga qurbingiz etsa, hali kelajakdan umid qilsangiz bo`ladi.
11. Bir oy mobaynida biror zararli odatingizdan voz kechishga harakat qiling. Hamma narsani birdan o`zgartirishga intilmang, asta-sekinlik bilan amalga oshiring. Masalan, yarim tungacha internetda o`tirmay, vaqtliroq yotishga harakat qiling. Bir oy mobaynida bunga ko`niksangiz, keyingi oydan boshqa bir yomon odatdan qutulishga intiling.
12. Ilgari qo`rqqan narsangizni bajarishga harakat qilib ko`ring. Kichkina g`alaba ham insonga ko`p narsa berishi mumkin. Qo`rquvni engish ham insonning o`z kuchiga ishonishiga sabab bo`ladi.
13. Boshqalarni, o`zingizni, Koinotni kechirishga harakat qiling. Agar bizni xafa qilgan qilgan odamlarni kechiradigan bo`lsak, o`tmish ortda qoladi, u biz uchun o`z ahamiyatini yo`qotadi. Demak,