Otalar va otalikka bag‘ishlangan tatqiqot qilingan maqolani mutolaa qilgach, uni sizning e’tiboringizga taqdim etish yoki etmaslik haqida bir fursat mulohaza qilib ko‘rdik. Bu maqola inson tanasining biokimyoviy holatiga oid ilmiy asoslangani bois, uni diqqatingizga havola qilamiz.
Ko‘pchiligimiz ishdan kelib choyni ichgach, televizordan bo‘shamaymiz. Dam olish kunlari esa o‘zimiz bilan band bo‘lib qolamiz. Kamdan-kam erkaklar bo‘sh vaqtida ayoliga qarashishga odatlanganlar. Uy yumushlari bilan band erkaklarni kimdir oqlaydi, kimdir esa qoralaydi. Ba’zida idishlarni yuvib qo‘yish, bolaga qarash, kezi kelganda go‘dakni uxlatish, uylarni tozalash kabi ishlarni amalga oshirish orqali erkak aslida ayoliga muhabbat va g‘amxo‘rlik hadya qilayotgan bo‘ladi. Shu bilan birga, erkakning bu odati oilada jinsiy aloqalarning faolligiga sabab bo‘ladi.
Nahotki?!
Ha! Bu ilmiy isbotini topgan dalil. Ayol kishining tanasida oksitotsin degan gormon mavjud. Ayol kishi farzand dunyoga keltirganida, uni emizayotganida, yaqinlik qilganida uning tanasi ushbu garmonni ishlab chiqaradi. Uni "Mehr-muhabbat va g‘amxo‘rlik garmoni" ham deyishadi. Ya’ni, turmush o‘rtog‘iga, bolalariga g‘amxo‘rlik qilish va mehribonligini namoyish etish ham mazkur garmonning ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi.
Tasavvur qiling, ayolingiz tanasida oksitotsin garmoni to‘planadigan maxsus chelakcha bor va bu chelakchaning biror jarayon tufayli "mehr-e’tibor" garmoniga to‘lib qolishi boshqa bir jarayonni to‘sib qo‘yadi. Misol uchun, ayolingiz oksitotsinni bola emizishdan, sizga va oilaga g‘amxo‘rlikdan olib, chelakchani to‘ldirib qo‘ysa, bu jarayon uning siz bilan intim munosabatlarga kirishishingizga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ayol kishi oilasiga o‘zini qancha ko‘p bag‘ishlasa, shuncha ko‘p oksitotsin ishlab chiqaradi va chelakcha to‘ladi. Natijada mazkur garmonning muhim manbai bo‘lgan jinsiy munosabatga hojat qolmaydi. Oxir-oqibat, ularning turmush o‘rtoqlari ayollari bilan jinsiy munosabatlaridan noliy boshlashadi.
Agar siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan intim aloqalarda faol munosabatda bo‘lish tarafdori bo‘lsangiz, unda ayolga uydagi barcha ishni qilishi uchun sharoit yaratmang. Ya’ni, ayoldagi o‘sha "e’tibor chelagi"ning to‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymang.
Qanday qilib?
Bu oddiy. Barcha ishni ham, ya’ni mayda-chuyda yumushlarni ayolingizga tashlab qo‘ymang. O‘zingiz qila oladigan vazifalarni turmush o‘rtog‘ingiz yelkasiga tashlamang. Ba’zida kiyim-kechaklaringizni o‘zingiz yig‘ishtiring, taomdan keyin stolni farzandlaringiz bilan birga yig‘ishni odat qiling. Oyoq kiyimlarni tartiblashga odatlaning, changyutkichdan foydalanish esa sizga cho‘t emas. Ayolingizni kuzatib turing, u qilayotgan qaysi ishlarni siz ham bajara olishingizni aniqlang va keyin yeng shimaring.
Bu esa ayol tanasidagi oksitotsin miqdorini kamayishiga olib kelib, oxir-oqibat ayol "chelakchani" garmonga romantik lahzalar yordamida to‘ldirishga harakat qiladi. Shu orqali oilada sog‘lom intim munosabatlar shakllanishiga erishish mumkin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 27
https://t.me/pulishlash_mortil_fudbolstafk
хаммаси сир болади Озим докторман Мошина бор
28 йошман