Предыдущая публикация
Vujudimni kuydirgan o‘sha
G‘am alamga to‘ydirgan o‘sha
Muhabbatga o‘t tushsin Tangrim
Majnunlarga Vatan bo‘lgan cho‘l
Ko'z yoshlarim yog'dirgan bir do'l
Oxiri telba qilguvchi bu yo‘l
Muhabbatga o‘t tushsin Tangrim
Menga qancha she'rlar yozdirgan
Rosti aqlu-hushdan ozdirgan
O‘lmay turib qabrim qazdirgan
Muhabbatga o‘t tushsin Tangrim
Ko‘zlarimdan yosh bo‘lib oqqan
Hijronlari ilondek chaqqan.
Tirik tanim do‘zaxdek yoqqan
Muhabbatga o‘t tushsin Tangrim
Tonggi otmas tunlarim haqqi
Quyosh botmas kunlarim haqqi
Azoblarim dardlarim haqqi
Muhabbatga o‘t tushsin Tangrim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев