Niyati odamni qilmoq be iymon.
Ammo odamlarga berildi imkon,
No umid degan nom shaytonga qoldi.
Inson degan so'zga qofiya isyon,
Va lekin oz bo'lsin bazida iymon.
Birgina kalima oxirgi zamon,
No umid degan nom shaytonga qoldi.
Odamlar tinmasdan xaddan oshdilar,
Iymondan chiqdilar har-yon qochdilar.
Xattoki osmonga toshlar otdilar,
Valekin no umid degan nom shaytonga qoldi.
Har kim turli tamon nigohin tikkan,
Umidli ko'zlarda OLLOH bir degan.
Kalima yangrasa kifoya ekan,
No umid degan nom shaytonga qoldi.
Bazan qalbimizga tushar tug'yonlar,
Bazan qarshi olsak og'ir to'fonlar.
Xaqni topib keldi ABU SUFYONlar,
No umid degan nom shaytonga qoldi.
Ko'pchilik bilmaydi iymon lazzatin,
Umidga ishonib yashamoq baxtin,
Asli bu eng aziz eng yahshi sokin.
No umid degan nom shaytonga qoldi.
Eng so'ngi manzilni tavba bilaylik,
OLLOHdan so'raylik unga yig'laylik.
So'ngi lag'zada ham umid qilaylik,
No umid degan nom shaytonga qoldi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев