o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar
boshqarmasi “Toshkentdonmahsulotlari” ochiq
aksiyadorlik jamiyatida “Texnogen xarakterga
ega favqulodda vaziyatlarda fuqarolik
mudofaasini shakllantirish xatti-harakatlari”
mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi. Bu haqda FVV matbuot markazi xabar
berdi. O‘quv mashg‘uloti paytida favqulodda
vaziyatlarda kommunal xizmatlarning uzluksiz
ishlashini ta’minlash, rahbariyat va ishchi
xodimlarga favqulodda vaziyat haqida xabar
yetkazish masalalari sinovdan o‘tkazildi. Shundan
keyin shartli ravishda jabrlanganlarni evakuatsiya qilish va ularga birinchi tibbiy
yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tadbirlar
o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotida jami 115 kishi ishtirok etib,
yettita maxsus texnikadan foydalanildi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев