"
Azon aytib yig`lar Bilolim,
Rasululloh yig`lagan kecha!
Tong ottirding qanday, hilolim,
Rasululloh yig`lagan kecha?! Eng mukammal azal qoida
Rayhon isi turar poyida,
Qanday turar osmon joyida
Rasululloh yig`lagan kecha?! Anga hamroh haqiqiy erlar,
Ta`zim aylar eng vahshiy sherlar
Yulduzlar ham to`kilay derlar
Rasululloh yig`lagan kecha! Kulganida oq dur sochilgan
Gulharirdan bir nur sochilgan,
Ammo qalblar beun ochilgan
Rasululloh yig`lagan kecha! Kiyik bilan bo`ri do`stlashmish,
Osmon ila zamin yuzlashmish,
Etim ko`ngli g`amgin bo`zlamish
Rasululloh yig`lagan kecha! Ey jamiki hilqat, tinglangiz,
Bir haqiqat mavjud, bilsangiz,
Kulmang, ahir bo`lmas kulsangiz
Rasululloh yig`lagan kecha! Kulgisiga oftob ham shaydo,
Shafoat, deb yig`lar Xuvaydo,
Oy yuzida dog` bo`lmish paydo
Rasululloh yig`lagan kecha! Umar yerga yotmish yuztuban,
Usmon tikar o`ziga kafan,
Aliy quchib yig`lar daf`atan
Rasululloh yig`lagan kecha! Kulgichdan nur ufurgan sayin,
Zavjalarning so`zlari mayin.
Xafsa, Oisha ahvoli tayin
Rasululloh yig`lagan kecha! So`zim tugar, sen ham insonsan
Yo`ling egri, ne hol-nodonsan?!
Ey Xayrulloh, nechun shodonsan
Rasululloh yig`lagan kecha?!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев