Ulgurdim to'rt qator misra, yozishga
Gumonlar savollar, qo'ymas meni tinch!
Ayting xaqqim yo'qmi baxtli bo'lishga?
Ma'yus nigoximda ajib tasavvur,
Sevgim aytolmasman yo'l qo'ymas g'urur!
Yashaganim yolg'iz sababi sizdur
O'rgandim rost yig'lab yolg'on kulishga!
Ayting xaqqim yo'qmi baxtli bo'lishga?
Kunlar o'tib borar, oylar birma bir,
Angladim yaralganman, faqat kutishga!
Naxot sizni ravo ko'rmas menga bu taqdir?
Ko'zlarim mushtoqdir sizni ko'rishga!
Ayting xaqqim yo'qmi baxtli bo'lishga?
Ertakga ishonib xayollar surdim,
Bir muddat qush bo'lib dunyoni kezdim,
Men o'zimdan qochdim o'zimdan bezdim!
Xech narsa arzimas dilni ezishga
Ayting xaqqim yo'qmi baxtli bo'lishga?
Bu dunyo tuzilgan bo'lib, biri kam!
Men ketsam yo'qligim bilinmas xecham,
Sizga baxt tilayman yorim, azizim,
Kelganlar majburdur yana ketishga!
Faqat siz xaqlisiz baxtli bo'lishga!
Izlamayman boshqadan, sizda ul nigox!
Niyatim sizni baxtli ko'rish, guvoxim Allox
Mayli birga bo'lmaylik topgansiz xamrox
Bu tilim ojizdir bir so'z deyishga,
Faqat siz xaqlisiz baxtli bo'lishga!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев