Ular bir-birini
jonidan ortiq sevishardi.!
Kunlarni tunga ulab,o'rtasidagi
masofa uzoq bo'lsada,bir-
birlariga yonma-yon o'tirgandek
xis qilishardi.! Ularning hayoti
baxt va orzu-niyatlarga
to'la,sevgidan mast bo'lib
yashashardi.! Garchi yigit qizni
ko'rmagan bo'lsada,qizning
shirin ovozi uni mahliyo
qilib,hayollarini yettinchi
osmonga ko'targandek
tuyulardi.! Qiz ham sevgan
yigitidan olis bo'lsada,uning
ko'ngil dardlarini-oq ko'ngil
shirin so'zlarini hurmat qilib
sevardi.! Ha ularning tanishuvi
oddiy bir internet aloqasi va
qo'ng'iroq ovozi bilan
boshlangandi.!
Kunlardan bir kun yigit
yolg'izlikdan zerikib oilasidan
uzoqda o'z hayoti haqida o'ylab
o'tirganda.! Telefonining ovozi
hayolini buzadi.! Sms kelibdi
begona raqam.! Yigitning esa
telefonida puli ham yo'q kim
ekanligiga qiziqardi va unga
qo'ng'iroq qilishini so'rab sms
yozardi.! Biroz vaqtdan keyin
javob keladi.! Bu sms ularning
birinchi tanishuv kuni bo'ladi.!
Uzoq masofalar shu kundan
boshlab qiz va yigitni bir biriga
yaqinlashtiradi.! Ular har kuni
telefonda gaplashar smslashar
edi.! Ko'p o'tmay yigit hayot
qiyinchiliklarini unutadi,qishning
sovuq shamollari yuzidagi
g'amni uchirib ketib muloyim
kulgu baxsh etadi.! Yigit qizga
kundan kunga bog'lanib uni
sevib borardi.! Zora qizni
ko'rmasada uning uchun
shunchalar go'zal shunchalar
latofatli deb bilardi.! Qiz ham
juda yigitning mehrini xis qilib
sovuq qishning shamollarida
yigit bag'rida isinayotgandek
uning taftini xis qilib yashardi.!
Lekin bu sevgi qissasi uzoqqa
cho'zilmadi.! Baholanki yigit bilan
qiz bir biridan olis bo'lsada ular
baxt sari intilishgan birga
bo'lishga axd qilishgandi.! Ammo
bu orzu niyatlari amalga
oshmadi.! Ularning taqdir yo'llari
bu hayotda kesishmasligini
bilgan qiz yigitning sevgisini
kundan kunga rad qilib borar.!
Qiz yigitni o'zidan
uzoqlashtirishga urinardi.! Yigit
esa hammasini tushunar va qizni
ko'ngliga quloq solardi.! Qiz
yig'lamasdi ammo uning
yuragidagi ko'z yoshlari yigitga
telefon ovozidagi so'zlaridan
qulogiga eshitilib turar edi.! Ular
tez orada ajrashib telefonda
gaplashmay ketishadi.! Bu
hayotning sinovlari yana bir ikki
yoshni toptap tashlaydi.!
Sevgiga qadam qo'ygan ikki
yosh,oradagi masofa uzoqligini
yuraklarining yaqinligi uchun xis
qilishmas va bir-birlarini
sevishardi.! Lekin bu tuyg'ularni
o'zga insonlar xis qilisholmadi.!
Qizning Ota-Onasi bunga
qarshilik qilishadi.! Seni uzoq
joyga kelin qilmaymiz deb
so'zlarida qat'iy turib olishadi.!
Qiz qancha harakat qilmasin
yolvorishlaru iltimoslari Ota-
Onasining so'zlarini
o'zgartirolmaydi.! Mana shu
asnoda kunlar oylar o'tib boradi.!
Yigitning esa bu vaqtda oilaviy
tashvishlari qiynab qo'yadi.!
Kunda telefoniga razm solib
qo'yar,bir marta bo'lsayam
qo'ng'iroq qilarmikan deb o'ziga-
o'zi savol berib qo'yardi.! Lekin
endi kech bo'lgan qiz uni
unutgandi.! Ota-Onasining
so'zlariga qarshilik qilolmaydigan
qiz o'z ibo-hayosini
yuqotmaydi.! U oilada yakkayu
yagona qiz ekanligini va Ota-
Onasi baribir sevganiga
berishmasligini takror va takror
yigitga qaytarardi.! Yigit esa
chekinmas edi.! Afsuski ayriliq va
Ota-Ona so'zi sevgidan ustun
keldi.! Qiz boshqa qo'liga telefon
apparatini olmadi.! U yigitni
unutdi.! Yigit esa hali ham uni
kutar va u ketgan yo'llardan
borishga harakat qilardi...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев