Salom meni sevolmagan qiz.
O’rik pishib tagiga tushdi,
Meni hamon sevolmadingiz.
Salom hayot men yana
qaytdim, Faqat endi yuraksiz bo’lib.
Menga hamma kerak bo’lgan
payt,
Qolmadimmi keraksiz bo’lib.
Dunyo mening yirtiq ko’ylagim,
Endi uni yechib tashlayman. Bo’ldi odam
bo’lib yashash
yo’q,
Endi shoir bo’lib yashayman.
Balandparvoz gapdan bo’l
yiroq,
O’ldim-kuydim barii dahmaza. Bitta masum
go’dak ko’zidan,
Bu dunyoga qarasang maza.
Umr asli daryoga o’xshar,
Insonmizda ketganmiz ko’nib.
Goh mavjlanib to’lqinlanamiz,
Goh qirg’oqda qolamiz tinib. Men nolimay
yashayman
tangrim,
Lekin dilda biroz alam bor.
Bordan bori ota-onam va
Bitta qog’oz bitta qalam bor.
Ko’nglimni-ku yozsa bo’ladi, She`r yozishni
qaeri xavas.
Shoirman deb kerilib ketib,
Har narsani yozish yaxshimas.
Lek bexato yashash shart
do’stim,
Bu dunyoga kelmaymiz yana. So’zlarimdan
zeriktingizmi,
She`rim tamom ketyapman
mana.
Hayr mening dushmanim
dunyo,
Hayr meni sevolmagan qiz. Xato qildim
deysiz siz hali,
O’g’lingizga ismim qo’yasiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев