Xitoy tilidagi iyerogliflar soni 50000 dan ortiq bo‘lib, ulardan 3-5 mingtasi ko‘p ishlatiladigan iyeroglif hisoblanadi. Agar xitoy tilini o‘rganayotgan o‘quvchi 900-1000 ta iyeroglifni bilsa, u o‘zi o‘qigan matnning 90% ni tushunadi, kundalik hayotda xitoyliklar bilan muloqot o‘rnata oladi. Shuning uchun iyerogliflarning ko‘pligidan cho‘chimasdan qunt bilan o‘rganish kerak. Zamonaviy iyerogliflar qadimgi ierogliflardan olingan. Bir necha ming yillik rivojlanish jarayonida iyerogliflar juda ko‘p o‘zgartirishlarga duch kelgan. Natijada xitoy yozuvining turli ko‘rinishlari yuzaga kelgan: suyak va toshbaqa toshkosachalariga bitilgan iyerogliflar, bronzaga yozilgan iyerogliflar, zhuanshu (qadimgi yozuv), lishu, kaishu va sinshu kabilar. Xitoy yozuvi hattotligi xitoy madaniyatining ajralmas bo‘lagidir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев