Tarang, baquvvat, chiroyli, nozik va silliq teri bilan... Bunday ko'kraklarni har bir ayol orzu qiladi. Ayollar faxri hisoblanadi. Quruq orzular bilan ish bitmaydi, hech qanday harakat qilmasdan turib orzularni ro'yobga chiqarib bo'lmaydi?! Mo''jizaviy vositalar yo'qligini hamma biladi, ammo ko'krak o'z shaklini yaxshi saqlashi uchun ba'zi bir harakatlarni amalga oshirsa bo'ladi. Muntazam ko'krak parvarishini teri o'zining tarang va sog'lom ko'rinishini yo'qotmasdan turib qancha erta boshlasangiz, shuncha yaxshi natijagaerishasiz. Kosmetik vositalarning eng yaxshisi - har kuni sovuq suvda parvarish hisoblanadi. Bunda qon ta'minlanishi yaxshilanadi, qon tomirlari va terini elastik va tarang bo'lishiga olib keladi. Cho'milganingizda, sovuq suv bilan ko'kraklaringizni chaying. Undan ham yaxshisi - kontrast suv quyishlarni qo'llang. Cho'milishdan oldin so'rg'ichlar atrofini aylana harakatlar bilan uqalash maqsadga muvoffiq. Bu qon aylanishini faollashtiradi. So'ng teriga albatta krem surtib chiqing. Ko'krak terisi o'ta sezuvchandir va namlik yo'qolishiga ta'sirchandir, har kungi krem surtishlar teriga ortiqcha e'tibor emas, balki zaruratdir.KompressShaklini yo'qotayotgan ko'krakka kontrast kompresslar yordam berishi mumkin - galma-gal mo''tadil issiq va mo''tadil sovuq suvni sochiq yordamida ho'llash. Bunda issiq suvga ozroq tuz, sovuq suvga esa vino sirkasi yoki limon sharbati qo'shiladi. Avval issiq -sochiqni tuzlangan suvdan, ozroq siqib ko'krakka, tagidan boshlab 30 soniyaga qo'yiladi. Keyinesa sovuq kompress 1 daqiqa qilinadi. Bu ikki jarayon 10 marta qaytariladi. Muolaja sovuq kompress bilan tugatiladi.Ko'krak uchun kerakli yordamO'ta tor va noqulay byustgalter ko'krakka ziyon yetkazadi. Agar u "burishtirib" yoki belda yuqoriga sudralib chiqsa, demak o'lchamingiz noto'g'ri tanlangan. Avvalan bor, byustgalter to'la ko'krakka zarurdir, aks holda terini cho'zilishiga olib keladi. Agarda sizning ko'kragingiz kichkina bo'lib, sport bilan shug'ullanayotganingizda undan voz kechmaganingiz ma'qul. Ayniqsa keskin harakatlarni talab etuvchi sport turlarida, masalan tennis, aerobika, yugurish yoki basketbol yoki otda yurish. Shuni ham aytib o'tish kerakki, noto'g'ri tanlangan byustgalter, bosh og'rishining sabablaridan biri bo'lishi ham mumkin! Elastik sportiv byustgalterlar ayni muddaodir, ular ushlab turishi bilan birga harkatlaringiz doirasini kamaytirmaydi. Choksiz turlariga e'tiboringizni qaratganingiz ham to'g'ridir. Ular juda ham qulay.Ko'krak massajiMaxsus gimnastika va massaj yordamida siz ko'kragingiz o'lchami yoki shaklini to'g'rilashingiz mumkin. Massaj - taranglikni va terining elastikligini saqlash usullarining foyda beruvchi usullardan biridir. U sababli qon aylanishi yaxshilanadi, limfalarning chiqishi kuchayadi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Hozirgi paytda osilib va burishib qolgan ko'kraklarni tortib taranglashtiradigan, ko'krak atrof terisining tiklanishiga yordam beruvchi maxsus krem va bal'zamlar xilma-xilligini ko'rasiz. Massaj qila turib, har doim teri va mushaklaringizga ta'sir qiladigan kuchingizni to'g'ri taqsimlang. Bunda professional massajistga murojaat qilganingiz ma'qul. Qilinishida eng sodda va eng samarali massaj turlaridan biri bu akva yoki gidromassaj hisoblanadi.Suv teriga yumshoq va ehtiyotkorlik bilan ta'sir etib, mushaklar tonusini oshiradi. Qo'yilgan maqsadga qarab bu suv oqimi, vanna, kompress, kontrast suv quyishlar bo'lishi mumkin. Suv oqimi yordami bilan masaj bajarishingiz bilan, ko'kraklaringizni "ushlab" turuvchi mushaklarni kuchaytirasiz. Doimiy massaj ko'kragingizga chiroyli va tortilgan shaklini beradi. Shunday qilib, "suv oqimi" variantini ko'rib chiqamiz. Eng asosiysi - muolajani doimiyligidir. Uni har tong o'tkazganingiz ma'quldir. Juda bo'lmaganda haftada 3-4 marta. Bu ko'krak mushaklarini tortilishiga yordam berib, ko'krak atrofi qon aylanishini yaxshilaydi, hujayralar va to'qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi, shu bilan ularning yangilanishini ta'minlaydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев