Qabriston oldidan maxzun o'taman.
Bir nima yurakka og'ir botadi.
Bilmadim oldiga qachon yetaman.
Qaro yer ostida Onam yotadi.
Yig'laydi dilginam ko'zlarim giryon.
Bir nafas har taraf boqaman har yon.
Naxotki Onajon bo'ldingiz armon.
Qaytmaysiz oldimga endi xechqachon.
Boraman qabringiz oldiga bo'zlab.
Lek ko'rolmam yuzlaringiz Onajon.
Qaxraton sovuqda yotasiz muzlab.
Qumsar o'g'il qizlaringiz Onajon.
Qabringiz boshida toshday qotaman.
Yetimlik toshini qayga otaman.
Kaftingiz taftini sog'indim Ona.
Naxot bu dunyodan shunday o'taman.
Sizsizlik bag'rimni tig'day o'yadi.
Nafasim qisadi zardob yutaman.
Mening bu holimga Otam kuyadi.
Yosh boladek sizni har dam kutaman.
Xiqqilab qaytaman ortimga endi.
Ox bo'ldi kutmayman umidim so'ndi.
Yig'lamayman duo qilib o'taman.
Farzandingiz hayot shartiga ko'ndi.
Duogo'yim bo'lsin joyingiz Jannat.
Qabringiz ostida toping halovat.
Umrim yetgunicha qilay tilov'at.
Allohim ko'rsatsin ulug' karomat
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев