Zamonaviy bo'lay deb, Internetga ulandim, Bor yo'g'i 3 kun o'tmay, "odno” kasaliga aylandim. Xar shaxarda xar xil yosh, Go'zal qizlar qalam-qosh. Gaplashdim xo'p qiziqib. Do'stim bo'ldi odnodosh. Kunlar o'tdi oy o'tdi, Bir qizga ishqim ketdi, Yozib shirin so'zlarni, O'ziga maftun etdi. She`rlar bitib tonggacha, Suxbatlashib shomgacha, Uxlamadik xattoki, Yulduz sanab tonggacha. Muxabbatdan so'ylashib, Xayollarda o'ynashib. Layli-Majnun bo'ldik biz, Ishq dardida kuylashib. Baxtli edim go'yoki, Topdim deb zo'r go'zalni, Qizg'onardim soyamdan, Xattoki u asalni. Kunlar o'tib kun sayin, Sevgimiz bo'ldi mayin, Odnodagi qiz bilan, Uchrashuv bo'ldi tayin. Oq yuvinib oq tarab, Oynaga ming bor qarab, Sevgilimni ko'ray deb, Otlandim shaxar taraf. Yurak to'la xayajon, Bordim aytgan manzilga, Sms keldi shu on, Xafa bo'lmang xazilga. Afsus afsus shuncha oy, Ishq dardida kuyganim, Xazilkash bola ekan, Jonim deya suyganim. Qiz bola pochtasidan, Chiqqan ekan zormanda, Sevdim desa ishonib, Rosa bo'ldim sharmanda. Achchig'imdan chidolmay, Telefonni otvordim, Sinmay qolgan qismini, Zapchast qilib sotvordim!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев