birida shinamgina hovli bo'lib,
unda kichkina bir oila yashardi:
er-xotin va ularning ön yoshli
og'illari. Yigit ö'z uyining
yerto'lasida ustachilik bilan
shug'ullanardi. U qöli gul
hunarmand bölib, eshik va
romlar yasashda unga
yetadigani yöq edi. Kunlarning
birida u har doimgidek öz ishini
qilayotganida chiroq öchib qoldi.
Usta bir qancha muddat kutdi,
lekin chiroq yonmadi, aksiga
olgandek shu kuni bitirishi kerak
bölgan buyurtmasi bor edi. U
afsuslangancha, biroz dam olish
uchun uyga kirayotganida elektr
yoqib-öchirgichga közi tushdi.
Kimdir atay elektrni öchirib
qöygandir deb öyladi.
Darhaqiqat, dastakchalarni
tepaga kötargan edi ustaxona
chirog'i yondi. Usta biroz
asabiylashdi, "Kim qildi bu
bema'ni ishni?", - öylardi u.
Yertölaga tushib endi boshlagan
ham ediki, chiroq yana öchib
qoldi. Ammo bu safar u elekrtni
kim öchirganligini aniq kördi.
Ustaning ög'li sekin chiroqni
öchirib, narvonda pastga
tushganida, ortida otasi unga
jahl bilan qarab turardi. Usta endi
ön yoshga tölgan ög'lining bu
qilgan ishini kechira olmadi, jahl
bilan butun ishni kechiktirgan
ög'lining yuziga shapaloq tortdi.
"Endi esi kiradi, bir marta
öchirgan bölsa ham mayli edi".
Bolakayning yuzi qizarib ketgan,
labidan qon sizardi. Lekin,
azbaroyi g'azab otiga mingan
usta ög'lining köz yoshlariga
e'tibor ham qilmay uyga kirib
ketdi va xotiniga baqirdi: "Bu
bolaning maktabda kimlar bilan
aralashib yurganligini bilishimiz
kerak. Shundayligicha qöyib
qöysak boshimizga balo böladi!"
Охiri eng oson yöli topdi.
Ög'lining qölidan hech
qöymaydigan kundaligini öqiydi
va uning nima ishlar qilib
yurganligini bilib oladi.
Хоtinining qarshiliklariga
qaramasdan ög'lining kundaligini
ochib öqiy boshladi. Bolakay
sönggi sahifaga shu sözlarni
yozgandi: "Bugun yomon tush
kördim. Tushimda ustaxonada
ishlayotgan dadamni tok uribdi.
Ey, Xudo, dadamni özing asra.
Dadam dunyodagi eng mehribon
odam. Men ham qölimdan
kelganini qilaman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5