nima deb atay? Yoshlikda ishqing
uchun hamma narsa qilishing
mumkin. Ammo kechikgan
sevgini zalvori og'ir bo'larkan.
Ba'zan dardlarim to'lib ketadi.
Kimgadir yorilgim keladi. Ammo
bu yoshdagi sevgini har kim ham
to'g'ri qabul qilavermaydi. Yoki
seni mutlaqo tushunmaydi. Bu
ishqimni yuragimda pinhon
saqlamoq ham og'ir kechmoqda.
Ammo men bilaman, bu ishqim
ayolimga, oilamga hiyonatim
emas. Yana bilamanku siz bilan bu
uchrashuv shunchaki tasodif yoki
oddiygina izohlanadigan yaqinlik
emas. Nazarimda ikkimizning
tuprog'imiz ming yillar ilgari bir
hamrturishdan qorilgan va unga
muhabbatdan zeb berilgan.
Sog'inch nuri ila sug'orilgan,
mehrdan libos kiydirilgan.
Ishqimizning yo'llari esa iymon
nurlari ila yoritilgan. Shuning
uchunmi bu ishqimdan, o'z-
o'zimdan vos kechib
ketolmayman.
Siz meni har soniya yodimdasiz.
Sizni uchratganimdan buyon o'z
yog'imga o'zim qovirilaman. Bu
ishq odamni qiynab yuborar
ekan. Erta-yu kech ko'z
o'ngimdasiz. Oy'lamay deymanu
sira buning uddasidan
chiqolmayman. Bir kun
ovozingizni eshitmasam yorug'
jahonim zulmatga aylanadi. Qo'l
telefonim jiring etsa har safar
sizmikin umid ila go'shakga qo'l
cho'zaman. Shu kungacha
sevgiga ishonmay kelardim. Endi
esa ishondim. Chunki u bag'rimni
kuydirdi. Vujudimga titroq soldi.
Avvallari rahbarlardan iliq fikr
eshitsam boshim osmonga yetib
behad quvonardim. Endi yagona
quvonchim faqat o'zingizsiz. Bir
soniyam siz haqingizdagi o'yimsiz
o'tmaydi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
Entikadi ichikkan sevgim.
Yuragimni tirnar zalvori.
Sevgim mening kechikkan sevgim.
Xasis dunyo bevafo dunyo.
Bir gözalni körmading ravo.
Men dunyoga erta keldim yo.
Sevgim mening kechikkan sevgim.