yuragimni suyab turgan
muhabbating bilan o'lchanadi.
Ammo, u sham misoli tugab
borayotganini sezyapman. Demak
men ham nurab boryapman. Har
kuni achchiq armonlar bilan
rizqlanaman. Dunyoni menga
tortiq etgan ne'mati shu bo'ldi.
Ko'zlarim ko'rmay qolgan. Boisi
ko'zim nuri sen eding. Mayli,
ko'rmasam ham roziman. Baribir
endi sen yo'qsan-ku. Quloqlarim
ham eshitmay qolgan. Negaki
dunyoda so'nggi eshitgan nolam,
to'ying kuni yangragan yor-yor
bo'ldi. Shundan keyin hech
narsani eshitmay qolganman.
Naxotki sendan qolgan so'nggi
xotira shu mungli yor-yor bo'lsa?
Muhabbatim shunday yakun
topadi deb o'ylamagandim.
Sezib turibman, yuragimga kirib
borgan yodgorligim sening
sevging yuragimga so'nggi
hayotbaxsh suvni tomizmoqda.
Endi o'lsam kerak. Shuni bilginki,
ruhim jismimni tark etib
armonlarga tutqich bermagan
muhabbatim ila yuraginga
joylanadi va u sen bilan birga
yashaydi. Senga baxtlarni
ulashadi. Shukurki, muhabbatim
so'nmay sening yuragingda
yashay boshlaydi. Bu qanday
yaxshi. U bu achchiq ayriliq
saxrosida qolib ketmaydi. U
yashaydi. Endi borgin
muhabbatim suyukliging yoniga.
Alvido sevgilim… alvido deyishga qomadi madorim sani sevdim ulginimcha
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4