SÖROQLAB
Salqin saxarlarda,bodom gulida,
Binafsha labida,yerlarda baxor,
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda baxor....
Qancha sevar eding,bag' rim baxorni,
Örik gullarining eding maftuni,
Xar uyg'ongan kurtak xayot bergani kabi,
Közlaringga surtib öparding uni.
Mana qimmatligim,yana baxor kelib,
Seni izlab yurdi,kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib sörani seni,
U xam yosh tökdi-yu,chekindi nari.
Seni izlar ekan,bölib shabboda,
Sen yurgan bog'larni qidirib chiqdi.
Yozib körsatay deb xusn-körkini,
Yashil qirg'oqlarni qidirib chiqdi.
Topolmay,sabri tugab böron böldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farxod tog'laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog'ning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan qöychivonlardan
Qayda shoir,deya ayladi söroq.
Barida sukunat,mayus lik körib,
Xorib charchab keldi,to qatlari toq....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев