Yig'lab bersa yuragim ning armonlari,
Ozor bersa xudoyimning yomonlari.
Qibla bölsa menga tört ta tomonlari,
Dardim körib mendan kechib ketmang Begim.
Men iymonman boshdan yechib ketmang Begim!
Xudoyimning dunyosiga sig'may qolsam,
Alamimni jigarbandim -she'rdan olsam.
Kutaversam...Baxtni kutib yomon tolsam.
Söngi umid chog'im öch ib ketmang Begim.
Dardim körib mendan kechib ketmang Begim!
Sajdagoxim -Ka'bam mening ostonangiz,
Men tölayman,tölmasin hech paymonangiz.
Baxtlariga töliq bölsin peshonangiz.
Dilda qoling,ishqdan kechib ketmang Begim.
Dardim körib mendan kechib ketmang Begim!
Men yig'layman.Yig'lama sin dunyo abas,
Diydoringiz tilab olay, söngi nafas.
Qaylardadir omon bölib yursangiz bas.
Ishqim iymon, boshdan yechib ketmang Begim.
Dardim körib mendan kechib ketmang BEGIM!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев