Har kishining ikki bo'lsa ayoli, Kecha-kunduz ishi qilu qol bo'lar. Har birining bordir yuz ming hayoli, Oshi zahar, noni ham uvol bo'lar.
Birin sevib, birin qo'ysa u nochor, Shundoq rasvo bo'lib, o'z aybin ochar. Aqli hayron bo'lib, boridan kechar, teng tutmasa yorin, bekamol bo'lar.
Gohi bulbul kabi sayrar tillari, tomoshaga hozir etar ellarni, Gohi tizin mushtlar, gohi erlarni, Erin ko'rsa tilsiz bo'lar, lol bo'lar.
Zarda qilib kelmas bo'lsa yoniga, So'z aytmasa har birini sha'niga, bunday er qo'shilmas odam soniga, Ikki xotin, bir er - uch ayol bo'lar.
Maxtunquli, kimsa bilmas botinni, Uylansangiz qarab oling zotini, Egam ko'rsatmasin yomon xotinni, Odam o'zin bilmas, xomxayol bo'lar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев