Предыдущая публикация
Oy suzardi osmonda.
Yuragimni yaralab,
Yor so'zlardi armonda.
Hislarim yondi toshib,
Bag'rimni qon qilgandim.
Lablariga lab bosib,
Jonim qurbon qilgandim.
Qayga ketding ayrilib,
Senga eggim kelar bosh.
Qaramaysan qayrilib,
Ko'zlarimga kelar yosh.
Hech so'nmas mayoq ekan,
Yong'in ekan beshavqat.
O'sha sen olov yoqqan,
Oqshomdagi muhabbat.
O'zimga bo'ldim dushman,
Tan olaman aybimni.
Necha yillik u gulxan,
Kuydiradi qalbimni.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев