edim bolalikning bog'ida,
Beg'ubor orzularim
quchog'ida. Bilmayin bir
qizga ko'nglim tushdi,
Kuyib qoldim muhabbat firog'ida. Bilmadim bu
qandayin savdo ekan,
Gohi quvonch, gohida
g'avg'o ekan. Yondirib
qiynar ekan yurakni,
Nahotki shu bo'lsa sevgi degani. Endi sira ketmas
uning xayoli, Kulishlari,
oydek go'zal jamoli. Yurar
edi mayda qadam tashlab,
Shamolda hilpirardi
ro'moli. Nigohlari oh, jonimni olardi, Meni
qiynab ming azobga
solardi. So'zlari ham
muloyim edi juda,
U so'zlasa qushlar ham jim
qolardi. Unga boqsam uyalib yerga qarardi,
Yuragim battar hapriqib
urardi. Qanchalar go'zal
edi u dilbar,
Ko'zlarim faqat uni
ko'rardi. Bolalikdan birga o'sgan
o'shal qiz, Qoshi kamon,
yuzlari anor yuz,
Oh nechuk bu kun
xayolim oldi,
Nechuk qoldim oldida ojiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1