Dunyolardan sovub qolganda yakka,
Yetmay yor vasliga biron tilakga.
Tushuning do'stlarim oshiqlar qalbin,
Baribir qiyinda sevgan yurakga.
Zulmatga aylanar nurafshon kuni,
Bu dunyoda unga bir dildosh qani.
Ne qilsin hech kimsa tushunmas uni,
Baribir qiyinda sevgan yurakga.
Xayolidan ketmas yorning jamoli,
Ko'ksin teshib o'tar hijron shamoli.
Hech kimga bilinmas ichda zavoli,
Baribir qiyinda sevgan yurakga.
Sevgidan baxt emas ko'zim nurlanar,
El ichra savdoi telba nomlanar.
Kim sevsa oshiqlik dardini bilar,
Baribir qiyinda sengan yurakga.
Ishq mayin joniga bo'lganda hamdam,
Endi sevmayman deya ichsada qasam.
Qanchalik ovutib dalda bersang ham,
Baribir qiyinda sevgan yurakga.
Bu hol o'zimning ham boshimdan o'tgan,
Firoq alangasi ko'ksimni titgan.
Bilmam shirin visol kimlarga bitgan,
Baribir qiyinda sevgan yurakga....
( Ahad Qayum )
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев