erishish formulasi
Pulning nimaligini va
qanday maqsadlarda
ishlatilishini hamma biladi.
Ammo uni etarli miqdorda
qaerdan olish mumkin,
degan savolga uncha-
muncha odam javob bera
olmaydi. Million
cho'ntakda yoki qanday
qilib pul ishlab topish
mumkin? Bu hazil yoki
balandparvoz gaplar
emas. Faqat bitta farqi
bor: millionga bugun
emas, balki kelajakda
erishish nazarda
tutilmoqda. Aslida
ISTALGAN pulni millionga
aylantirish mumkin.
Hammasi hozir qancha
pulingiz borligiga bog'liq.
Bu millioner bo'lishda
muhim omil hisoblanadi.
Keling, qanday qilib pulni
o'zimizga jalb qilish
mumkinligi haqida bosh
qotirib ko'raylik. Qanday
qilib ozgina pulni
millionga aylantirsa
bo'ladi? Millionga ega
bo'lishda pulga afsun o'qib
berish ham yordam
bermasligi mumkin.
Ma'lumki, hozirgi kunda
pul pulni «chaqiradi».
Faqat bu imkoniyatdan
to'g'ri foydalansangiz
bo'lgani. Eng yorqin misol,
bank depozitini olaylik.
Bankka, shartnomaga
asosan, omonatga pul
qo'yish mumkin.
Shartnomada ko'rsatilgan
muddat o'tgach esa, bank
sizga o'z pulingizni
qaytarib beradi. Yana
undan foydalangani uchun
foizini ham to'laydi. Oddiy
matematik hisob-kitobni
keltirsak. Deylik, siz 1
so'mni 14 foizlik
omonatga qo'ydingiz.
Arzimas pul, albatta.
Ammo vaqt uchun
bitmaydigan ishning o'zi
yo'q. Oradan bir yil
o'tgach, bank sizga o'sha 1
so'mingiz va unga qo'shib
14 tiyin foizingizni ham
qaytaradi. Agar hosil
bo'lgan 1,14 so'mni yana
kelgusi yilga qo'ysangiz,
bir yildan so'ng siz 1,30
so'm pul olishingiz
mumkin. Bu safar foyda
miqdori 16 tiyinni tashkil
qildi. Agar mazkur
jarayonni yilma-yil
takrorlab borsangiz,
roppa-rosa 106 yildan
keyin siz 1.076.025,67
so'm egasiga aylanasiz.
Eslang, boshida bor-yo'g'i
1 so'm pul qo'ygandingiz.
Endi hamyoningizda
qancha pul bor? Agar bir
necha mingni qo'ygan
bo'lsangiz, 106 yildan
so'ng pulingiz 2,15
milliardni tashkil qiladi.
To'g'riku-ya, lekin 20, 30
yoki 50 yoshda bo'lsangiz,
sizda millionga ega bo'lish
uchun 106 yil qayoqda,
deysiz! Tushkunlikka
tushmang. Keltirilgan
misol oddiy matematik
hisob emas, balki qanday
qilib, millioner bo'lish
masalasini hal qilishga
qat'iy kirishish degani.
Hatto, siz ishlatmay
qo'ygan 1 so'm pul ham
vaqti kelib sizni
millionerga aylantirishi
mumkin. Bu boylikni
yaratish tizimidagi asosiy
«g'isht» hisoblanadi.
Keling, ana shu
g'ishtlardan ayrim
kompozitsiyalarni hosil
qilishga urinib ko'raylik.
Agar 1 so'm 106 yilda
millionga aylansa, 2 so'm
qo'yilganida vaqt 102 yilni
tashkil qiladi. Bordi-yu, 10
so'mdan boshlagan
bo'lsangiz, millionni 89 yil
kutishga to'g'ri keladi.
Mabodo, 100 so'm qo'yilsa,
72 yildan so'ng siz
millionerga aylanishingiz
mumkin. Chakki emas,
to'g'rimi? Endi jarayonni
tezlashtirib ko'ramiz. Agar
1 so'mingiz daromad
keltirishini bir yil kutib
o'tirishni xohlamasangiz,
unda HAR KUNI omonatga
1 so'mdan qo'yib borish
mumkin. Shunday yo'l
bilan millionga 46 yildan
so'ng erishsa bo'ladi. Agar
2 so'mdan qo'ya
boshlasangiz, roppa-rosa
41 yildan so'ng maqsadga
erishasiz. 10 so'm
qo'ysangiz, bu 29 yilda
amalga oshadi. Bordi-yu,
HAR KUNI 100 so'mdan
qo'ya boshlasangiz
millionlarga 13 yilda
erishasiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев