Izlayman mehrni sening labingdan, Lek, uni topdim men titroq qo'lingdan, Qayta, qayta o'tay sevgi yo'lingdan, Lablarga qo'ngan sevgimiz guvoh. Ko'ksimdan itarding... Ortimga qaytim, Qo'lingni ushlab men izhorim aytdim, "Ket" deding... Jim turib ko'zyoshim artdim, Lablarga qo'ngan sevgimiz guvoh. Ro'zador qalbimga iftorlik bo'lding, Chanqoqroq sevgimga hushtorlik bo'lding, Ko'ksimdan itarib diltorlik qilding, Lablarga qo'ngan sevgimiz guvoh. Ko'ksimdan itarding... Sanchildi pichoq, Chin yetim sevgimga ochmading quchoq, Shoshma! Axir, sening ko'ylaging oppoq, Lablarga qo'ngan sevgimiz guvoh. Bir bo'sa olib men uyatsiz bo'ldim, Yoningda turib men keraksiz bo'ldim, Sen begunoh-u, men yuraksiz bo'ldim, Lablarga qo'ngan sevgimiz guvoh. Mana men gunohkor, sen - oq farishta, Mana men ayibdor bu hunuk ishda, Men bilan qoldi-ku, abgor bir rishta, Lablarga qo'ngan sevgimiz guvoh. Ketding... Yomg'irlarni o'pib zerikdim, Ketding... Ertaklarni to'qib zerikdim, Ko'ksimni chokidan so'kib zerikdim, Lablarga qo'ngan sevgimiz guvoh. Kelaqol men go'yo o'zga bir inson, "Men o'zgardim" degan so'zimga ishon, Meni tark etmoqda qo'l siltab shayton, Lablarga qo'ngan sevgimiz guvoh. Shunchaki, taklifim ezgu nikoh, Lablarga qo'ngan sevgimiz guvoh.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев