Qadim zamonda bir dehqon yigit tomorqasida yetishtirgan hosilini bozorga borib sotishga qaror qilibti. Bozorda hammol ya'ni aravakashning topayotgan foydasini ko'rib o'z mahsulotini sotib aravakashlik qilishni boshlabti. Kundan kunga sotgan molidan tashqari o'zining yangi ishi yanada daromadini oshishiga yo'l ochibti. Navbatdagi qadam deb do'kon ochishni rejalashtiribti. Do'kondor bo'lish uchun yetarli mablag' to'playotgan bir paytda unga xurmoni sevib iste'mol qiluvchi bir boy odam ikki qop xurmoni manzilga olib borishni yo'l yo'lakay o'zi xurmondan yeb ketishni ortaganini esa yigitga xizmati uchun berishni taklif qilibti. Yigit xurmoning narxi bozorda baland ekanligini va uni puliga bemalol do'kondor bo'lishni o'ylab hatto manzilning masofasini so'ramay taklifga rozi bo'libti. Yigit aravasiga ikki qob xurmoni va boyni o'tqazib yo'lga chiqibti. Yo'l yurgan sari boy xurmodan paqqos tushirar yigitning esa tinkasi qurib aravani tortib ketarmish. Manzildan esa darak yo'q, shahar yigit uchun notanish bo'lganidan masofadan yutqazayotganini bilsada, xurmosiz qaytmaslik nafsi esa barcha qiyinchiliklarga bardoshli bo'lishga undarmish. Kunlar o'tibti yigitning hamyonidagi pullariga mahliyo bo'lgan boy och qolgan hamrohiga xurmoni tanovul qilishi uchun maydalab sotishni boshlabti. Nihoyat boyning uyiga yaqinlashgan yigit ne ko'z bilan ko'rsinki qopdagi xurmodan hech narsa qolmabti. Boy esa yigitning bor puliga egalik qilgani kamlik qigandek o'ziga xizmatkorlik qilishni taklif qilibti. Noiloj qolgan yigit tirik qolishning yagona yo'li deb boyga xizmat qilishga qaror qilibti. Boyning xonadonidagi barcha xizmatkorlar ham qachonlardir bozorda arava tortganlar ekan. Natijada dehqonlikdan aravakashlikka unda keyin savdogarlikni o'rniga ilojsiz qulga aylanibti.
Xulosa: Bugungi kunda ham tadbirkorlik rivojlanayotgan bir vaqtda rivoyatdagi boy kabi o'z kreditini taklif qilayotgan banklar uchun odamlarning qanday ishlashidan qat'iy nazar bergan pulini foizi bilan qaytarish amali yotadi. Davlatimiz uchun bankdan kredit olib o'z vaqtida to'lolmayotgan qarzdordan ko'ra, kam topsa ham o'z ishini eplayotgan tadbirkorni ko'paytirish muhim vazifa sanaladi. Biznesda mablag'ga bo'lgan ehtiyojni aqlni ishlatib hal qilishning yagona yo'li bu tanlagan biznesingiz mohiyati bilan yaqindan tanishishdir! Bu bilan biz hamkorlikda ishlayotgan yurtimizdagi bank faoliyatiga salbiy ta'sir o'tkazish yoki aholini kredit olishdan qaytarishni maqsad qilmadik. Shunchaki xalqimizning tadbirkorlik sohasida bilib bilmay noto'g'ri qaror qabul qilishdan qaytarishni xohladik. Imkoniyatlar yetadigan darajada ish boshlash va bosqichma-bosqich rivojlanish tarafdorimiz. Har qanday holatda ham hammaga omad tilaymiz! Hurmat bilan ELMADAD tashkiloti www.elmadad.uz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев