Ohlar unib chiqsin alamlar unsin.
Ortimdan termulgan nigoxlaringa,
Sog'inchlar o'rgimchak inini qursin!
Men shunday ketayki tog'dek g'ururing,
Saxroi kabirga qumdek qo'shilsin.
Mensiz kunlaringda kipriklaringda,
Pushaymon yoshlari toshdek osilsin!
Men shunday ketayki joning charx urib,
Tanangdan bir sokin maskan izlasin.
Senku kulib yurib baxtiyorman de,
Ko'ksingda mushtday go'sht tinmay bo'zlasin!
Men shunday ketayki bergan ozoring,
Har kun tushlaringa kirib qiynasin.
Bir laxza halovat topgan zaxoting,
Uvolim chaqaloq bo'lib yig'lasin!
Men shunday ketayki keyin afsuslar,
Izingdan ergashib yuraversinlar...
Yursang ham, tursang ham ko'zing oldida,
Mening qarashlarim turaversinlar !
Men shundau ketayki bosgan izimda,
Oxlar unib chiqsin alamlar unsin...
Ket deya do'qlagan dudoqlaringda,
Sog'inchlar o'rgimchak inini qursin !
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев