Hayotim.....
Sog’indim… O'zi meni
yaxshi ko'raszmi? – degan
savollaringni. Sog’indim… Har
kech o’tgan samimiy suhbatni.
Sog’indim… Uzun salom berib
quvnoq kulishlaringni.
Sog’indim… Beg’uborligingni,
hech hafa qilmas so’zlaringni,
samo mukammal yaratgan
husningni, ta’riflab bo’lmas, doim
ayb qidirganda ojiz qoladigan
xislatlaringni. Sog’indim…
Derazadan osmonga termulib
hayol surishingni, yomg’irni
kutishingni, yomg’irda
esa yo’qotgan narsasini topib
olgan odamdek quvonishingni.
Sog’indim… O’sha ilk uchrashgan
ko’chamizni, o’sha bog’ni, birinchi
o’rindiqdagi birga o’tirishimizni,
uzoq yo’ldan olib kelingan
muzqaymoqni shoshib yeyishni.
Sog’indim… Yo’l uzoq bo’lsada,
yayov yurishni, qo’rqinchli
odamni ko’rsang yonimga
yashirinib olishingni. Sog’indim…
Bir avtobusni ikkinchi, uchinchi
marta kelganini ham o’tkazib
yuborib bekatda suhbatlashib
o’tirishni. Sog’indim… Mashinani
uzoqda qoldirib, yoninggacha
yayov borishni, yo’l– yo’lakay
aytmoqchi bo’lgan gaplarimni
yodlab olishni, seni ko’rgach
hammasini unutib qo’yishni.
Sog’indim… Alamli bo’lsada,
qo’ng’iroq qilib, yig’lab,
dardlaringni ishonib ayta
olishlaringni. Sog’indim…
Sog'indim...Xayotim..!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1