Do'stim, eng mo'tabar manzilga yetgin,
Yaxshilik yo'lida sen yashab o'tgin,
Bir yaxshi nom qolsin erta ortingdan,
Yig'lab tug'ildingmi, yig'latib ketgin.
Farzanding, do'stlaring, ortingdan qolib,
Chiroyli kunlarda yodiga solib,
Suyganing o'rtansin xotirga olib,
Yig'lab tug'ildingmi, yig'latib ketgin.
Pul uchun, mol dunyo, hoyu havas deb,
Yashama, iymoning vijdoningni yeb,
Shukr ayt, Vataning tuprog'ini o'p,
Yig'lab tug'ildingmi, yig'latib ketgin.
Birovning ko'nglini og'ritma zinhor,
Har bir urgan mushtning javobi ham bor,
Sen ketsang, bo'lsinlar qadaminga zor,
Yig'lab tug'ildingmi, yig'latib ketding.
Davron sur, davralar to'rin to'ldirib,
Bo'lmaydigan ishni epla bo'ldirib,
Yashagin doimo kulib, kuldirib,
Yig'lab tug'ildingmi, yig'latib ketgin.
Dillarga yaxshilik urug'in ekmay,
Bir inson zotiga foydasi tegmay,
Kimlar yashab o'tdi, dunyoni uqmay,
Yig'lab tug'ildingmi, yig'latib ketgin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев