senga onajon
yo'q - yo'q so'zim emas, o'zimni senga bag'ishladim
senga onajon
Sen meni yaratding rahmat onajon, hadya etding meni
yorug' dunyoga Yaratding qalbingdan bag'ishlading jon, ko'zimni
to'ldirding nuri - ziyoga
Qancha so'qmoqlardan o'tding yetaklab, oshno qilding
meni hayotga, elga
Ba'zan izlaringdan yurdim emaklab, sen boshlading
meni insoniy yo'lga. Ba'zan sen parvona men chiroq bo'ldim, sen chiroq
bo'lganda bo'ldim parvona
Koyisang yig'ladim, erkalasang kuldim, shu zayl
bag'ringda ulg'aydim ona.
Qo'llarim ko'ksimda qilaman ta'zim, sen axir
qalbingdan qon berding menga sochlaringga oq, ol meni sochimni qoralarini
Tishlaring tushibdi xo'rsinma biroq, ol meni tishimni
sralarini
Xiralashib qolibdi ko'zlaringda nur, ko'zlarim nurini
olgin mehribon
Roziman bir umr xizmating qilsam, Yuragim qo'rini olgin onajon.
Ona qay birin olayin tilga? Men uchun chekmading ne -
ne zaxmatlar
Dilingni ko'chiray qay birin dilga? menga sarflaganing
ne - ne fursatlar
Oltinga teng edi har daqiqasi. Seni tashvishimdan sochlaringa oq, sevinchu - iztirob
barcha - barchasi,
Senga ozor bergan bedorlik, charchoq, roxatingni
buzgan sho'x beboshligim,
Ko'zingni quvnatga olov yoshligim, bularning hammasi
shular hammasi, Umringni zaxmati emasmi ona? Yuzimga termulib
beshik quchoqlab
Necha tunlaringni o'tkazding uyg'oq, bag'ringda
opichlab yurding ardog'lab
Ko'zing qorachig'i misli har chog', o'zing yemadingu
menga yedingdin, O'zing kiymadingu menga kiydirding, gavxari
shamchirog' tuyuldim senga,
Muqaddas insonsan aziz insonsan, aslida insonni
yaratgan onam
Zaminga murabbiy zamonga jonsan.
Qabul et onajon, bugungi yurak so'zimni senga bag'ishladim, senga azizam
Yo'q - yo'q so'zim emas, o'zimni senga bag'ishladim ,
senga Ey ulug' inson. . .
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев