Предыдущая публикация
Qalbimga tosh to’lsa ham kulib yashayman.
Bu dunyoning g’am-alamin ichimga yutib,
Ko’zimda yosh bo’lsa ham kulib yashayman.
Ishonganim, ishonchimni qilsa horu-zor,
Eng yaqin do’stlarim bersalar ozor.
Tashlab ketsa agar bevafo dildor,
Ko’zimda yosh bo’lsa ham kulib yashayman.
Holdan tolsam agar baxtimni izlab,
G’animlar yursalar baxtin ko’z-ko’zlab.
Dardlarimni yolg’iz onamga so’zlab,
Ko’zimda yosh bo’lsa ham kulib yashayman.
Oson kechganida mendan sevgilim,
Undan vafo so’rab charchasa tilim.
G’amu-anduhlarga to’lsa ham dilim,
Ko’zimda yosh bo’lsa ham kulib yashayman
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев