Meni
kimligimni bilasan bilmasang o'tmish
kundaliklariga nazar sol meni
ko'rasan.
Yolg’izlik! Bu sen menga
qoldirgan eng shavqatsiz…
mehrga ega bo’lmagan sovg’a. Bu
”sovg’a”ni qabula qildim…
Qabul qildim-u, borimdan
ayrildim. Qalbim yig’laydi. U
mendan hafa… Juda ham hafa!
Uning o’rnida bo’shliqdan o’zga
hech qanday his sezayotganim yo’q.
Nega? Shu savolni o’zimga -
o’zim beraman. Hatoni o’zimdan
izlayman… Hatolar, hatolar,
hatolar… Nahotki hatolar sabab
sevgi nobud bo’lsa, arzimas hato
sabab. Ko’zguga boqaman,
ko’zlarimga sevgining qotili
ko’rinmoqda… Sendan
ayrilishimga sababchi insonni
ko’rmoqdaman. Sevaman…
Achinamano’tgan damlarning
yomg’irlarga to’laligiga. Bahorga
o’xshar edi sevgimiz, biz esa uni
yig’latdik! Sen ketmoqdasan.
Ortingga boqishni o’ylaganmisan
hech? Menga shu onlarda bir
bora bo’lsa ham boqishni,
ko’zlarimga to’yib – to’yib termulishni
o’ylaganmisan
hech? Men-ku seni
kutmoqdaman. Ortingdan
borishni esa… Bormaslik…
bilmadim. Ne qilarim bilmasman
hamon. Ketma deya jar solgim
keladi. Qarayqol menga?!
Eshitmaysan qalbim nolasin..
Tinglamaysan hozir so’zlarim.
Sen jimgina ketmoqdasan,
uzoqlarga, mendan olislarga.
Hozir hayolingda nimalar o’z izini
qoldirayotgan ekan a?...
Qiziqdim. Meni hayollarim seni
qiziqtirarmikan... Ketma! Sen
uzoqlashganing sari shu so’z
yuragimni holsizlanishiga,
nafasim esa siqilishiga sababchi
bo’ladi. Ketmagin deb tinmay
aytmoqda ahir bu bedor qalbim...
Kechir degim keladi, beg’ubor
sevgim. Aytay deyman so’zlarim,
tinmayin senga. Eshitishing
hohlayman, istadim
shuni...Tushunishing istadim qalbim
so’zlarin, uning nolasin.
Ketma deyman, ketmagin...qolgin
yonimda. Birga ketaylik
uzoqlarga, topolmasin bizni hech
kim... dardlar, alamlar...qayg’u va
ayriliq. Ko’z
yoshlarim qolmadi- ku, qaragin
menga. Nega
gapirishga kuchim yo’q?! Senga
ayta olaman, aytmoqchiman,
lekin mador yo’q.
Uzoqlashganing sari jon ham tark
etayotir
tanimni.. Gar boqmasang qayrilib,
yuragim
urishdan to’xtashi aniq...
Qaytaqol jonim, ketmagin hech
ham.
”To’xta!” .... Nahotki...bu mening
ovozim?! Men
aytdim!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8