Предыдущая публикация
Yomg'irday ivigan, bulutday to'zgan.
"Nimaga kirmadim, nega aytmadim",
Uni afsus yozgan, pushaymon yozgan!
So'ramang bu she'rning muallifini,
Gapingni aytaman o'zini ko'rsam.
Bechora siqilib yuruvdi o'zi,
Senga yoqqanidan bo'lardi xursand.
So'ramang bu she'rning muallifini,
Bechora oshiqda nima o'ching bor?
She'r o'qi, kulsang kul, yig'lasang yig'la,
Muallifi bilan nima ishingiz bor.
So'ramang bu she'rning muallifini,
Uni sog'inch yozgan, uni vaqt yozgan.
Kirib, sevaman deb ayta olmagan,
Eshiging tagida qolgan BAXT yozgan!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев