matodan libos
Qayga olib ketarlar, bir on
to'xtang iltimos.
Ibodatim qilib olay,ulgurmadim
hayotda
Farishta der endi
kech,uchrashamiz oxiratda...
Baqiraman dod solib
borolmayman benamoz,
Hech kim eshitmas
sasim,chiqmas sado bir ovoz.
Ko'tararlar tobutni zulmat
qabriston tomon,
Onam yig'lar burchakda ,onam
yig'laydi hamon...
Yoshman deb, O'ynab kuldim,
bormadim masjid sari,
Ichdim tavba qilmadim, imkon
borku deb hali..
Mana endi ojizman qimir
qilmaydi tanam,
Tuynuksiz qabr bo'ldi, yetib
kelgan boshpanam...
Yana berilsa hayot,bo'lardim chin
musulmon,
Bajarib har amalni sajda qilardim
har on.
Oyoq uzmay masjiddan
borardim kun besh mahal,
Faqat tirik bo'lsaydim imkon
bo'lsaydi agar...
Oh dodlarning foydasi
ko'rinmaydi endi hech,
Tavba qilishga endi kech
bo'lgandi juda kech,
Janozamni o'qishar so'nggi
manzilga qo'yib,
To'yib yig'lagim kelar,yig'lagim
kelar to'yib...
O'qib amal qilmadim islomiy
shariatga,
Endi bunda yuzim qaro, ko'ksim
to'la hasratga.
Qabr ichra tanxo o'zim
qaltirayman zulmatda,
Nega namoz O'qimadim,nega
qoldim g'aflatda...
Hamma ketgach qabrga keldi
ikkita malak,
Javob topolmay savoliga
bo'larman men jonsarak.
So'zlashga tilim ojiz qiynoqlar
azobini,
Oh nega oldinroq bilmadim
oxirat jasosini...
Aytolmayaman davomini
qabrning azoblarin,
Iymonsizlar bunda yongay
bo'lsin yosh yo u qari...
So'nggi so'zim bo'lma mendek
bo'l hozir ibodatda.
Shunda azob chekmagaysan oxir
kun qiyomatda...aDmin
MUXABBAT.RU SAYTIGA TAKLIF QILAMAN BU YERDA SIZ ÕZ MUXABBATINGIZNI TOPING VA WIRIN SUXBAT QURING BIZGA QÕWILING AFSUSLANMISIZ KIRIB K6RING ÕZIZ GUVOXI BÕLING XOZIRCHA SAYT YANBI OCHILGAN FAOL QATNAWGANLA ADMIN BÕLIW IMKONIGA EGA SAYTDA KUTAMIZ reklama uchun uzir :-D
http://files.icq.net/files/get?fileId=C721F9B8617242FCA9009170BA9F3EC5
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев