o‘rinbosarlikdek yuqori mansabini
tark etar ekan, Alloh fano tojini uning
boshiga kiydirdi. Uning podshohligi va
dabdabalarini fano yeli uchirib
(Ka’baga olib boradigan) dashtni bosib o‘tish uchun qadam qo‘ydi.
Masjidni qo‘yib o‘z xolicha namoz
o‘qir, har qadamda ikki rak’at
namozini o‘qishni qo‘ymasdi. Shu
tarzda u o‘n to‘rt yil yo‘l yurdi. Uni
madx etish uchun har bir tikan va giyohlar tilga kirdi.
Makkani tavof etish uchun u kirib
kelar ekan, Baytul-haram (Ka’ba
ziyoratgohi) o‘z o‘rnida yo‘q edi. «Bu
ne xol, ey Xudo!» - deb fig‘on solar
ekan, g‘oyibdan ovoz keldi: «Ey yo‘lovchilarning piri! Bir qariya ayol
cho‘lni bosib o‘tar ekan, (Allohga
bo‘lgan) shavqu muhabbat yuki
og‘irligidan qaddi bukilibdi. Zaiflikdan
u shunday kuchsizlanibdiki, (endi)
Ka’ba o‘zi uni ziyorat qilishga ketdi!» Bu voqea Adhamni hayron qoldirdi. U
qarab turar ekan, Robia kelayotganini
ko‘rdi. U dedi:
«Ey sayrgohing Arsh bo‘lgan zot!
Ka’ba o‘zi seni tavof etish uchun yo‘lga
chiqibdi! Qaraki (o‘z ishlaring bilan) sen dunyoga qanday ovoza
solibsan!»
Robia unga javob berib dedi:
- Oshirib yuborma! Butun olamga
ovoza solgan sen bo‘lasan! Dashtni
bosib o‘tishuchun o‘n to‘rt yil yuribsan! Ibrohim dedi:
- Ey po
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев