Предыдущая публикация
Toleyim bor bilaman,
Ilk sevgim o’xshamadi,
Yana bir bor sevaman
Muhabbatim bevafo
Chiqib ayladi jafo
Mayli undanda alo
Yana bir bor sevaman
Topib baxtim eng toza
Olib ishqdan andoza
Qilmay elga ovoza,
Yana bir bor sevaman
Qays bo’lay ishq tufayli
Topib haqiqiy Layli
Ne desalar ham mayli
Yana bir bor sevaman
U boshqa-yu bu boshqa
Manga Tohirlar oshna
Qalbim sevgiga tashna
Yana bir bor sevaman
Shuni manga o’rgatdi
Ko’nglim sevgiga qaytdi,
Otabek akam aytdi
Yana bir bor sevaman
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев