11-qism
Oradan bir necha kun o'tdi. Josh va men asta-sekin yangi uyga moslashdik va yangi do'stlarga ham ko'nikdik.
Biroq, biz har kuni stadionda ko’rishadigan bolalarni hali do’stlarimiz deb atashimiz qiyin bo’lsada. Ular biz bilan turli o’yinlar o’ynashadi, suhbatlashishadi, ammo o’zlari haqida hech gapirmaydilar. Va ular bizga yaqinlashishni xohlamadilar. Josh va men o'zimizni begona odamlardek his qilardik.
Kechqurunlari xonamga yotib, yo‘lakdan ba’zan g‘alati shivirlar va kulgilar eshitilardim. Lekin men ularga e'tibor bermaslikka harakat qildim. Bir kuni kechqurun koridorning eng chekkasida oppoq kiyingan qizni ko'rdim shekilli. Ammo yaqinroq borsam, u yerda kir ko‘rpa-to‘shaklar uyumi bor ekan.
Ammo Josh va men yangi joyga ko'nikishni boshlaganimizda, Piti hamon g'alati harakat qilardi. U qandaydir g’alati bo'lib qoldi. Maktab hovlisiga borganimizda uni doim o‘zimiz bilan olib ketardik. Ammo har safar uni bog'lab qo'yish kerak edi, chunki u vovullab bolalarga tashlanardi.
"U hech ko’nika olmayapti", dedim bir kuni Joshga. “Ammo tez orada tinchlanadi.
Ammo unday bo’lmadi. Bu biz ko'chib kelganimizdan ikki hafta o'tgach sodir bo'ldi. Biz softbol o'yinini yakunlayotgan edik. Har doimgidek, Rey, Karen Somerset, Jerri Franklin, Jorj Karpenter va boshqa bir nechta bolalar bor edi. Men Josh Pitini bog‘lagan joyga qaradim, lekin u yo‘q edi.
Piti qanday qilib bog‘ichni uzib, qochib ketganini bilmayman.
Biz uni bir necha soat qidirdik, chaqirdik, ko'chalarda yurdik, hovlilarni, uchastkalarni, hamma huvillab qolgan maydonlarni ko'zdan kechirdik. U huddi havoga singib ketgandek edi. Va biz umidsizlikka tusha boshladik.
Qorong'u ostonalardagi barcha ko'chalar juda o'xshash edi. Hamma joyda - g'isht yoki yog'ochdan yasalgan bir xil uylar. Hamma joyda - ulkan soyali daraxtlar.
Josh va men qayerda ekanligimizni bilmas edik.
“Voy,” Josh hansirab daraxt tanasiga suyandi, “Adashib qoldik shekilli”.
"Va hammasi o'sha la'nati it tufayli", deb to'ng'illadim men notanish ko'chaga qarab. - Unga nima bo’ldi? U ilgari hech qachon qochmagan edi.
U qanday qilib bog'ichdan chiqib ketganini tushunmayapman. Josh bosh chayqab, terlagan peshonasini futbolkasining yengi bilan artdi. "Men uni mahkam bog'lagandim.
- Balki u uyga ketgandir? Bu fikr meni darhol xursand qildi.
- Ha, aniq! Josh ham hayajonda edi. Nega bu oldinroq hayolimizga kelmadi? U uyda anchadan beri bo'lsa kerak. Biz esa ahmoqlardek shahar atrofida yugurib yuribmiz. Uyga ketdik!
"Qayerga yurishni bilasanmi?" Yana kimsasiz ko‘chaga qaradim.
Men o‘z fikrlarimni yig‘ishga va stadiondan chiqqanimizda qayerga burilganimizni eslashga harakat qildim. Ammo hech narsani eslolmadim. Va biz ko'cha bo'ylab eng yaqin burchakka yurdik.
Bizga omad kulib boqdi. Burchakdan burilgach, uzoqdan maktabni ko‘rdik. Shunday qilib, Josh bilan men blokni aylanib chiqdik. Endi biz qayerda ekanligimizni allaqachon bilib oldik va qiyinchiliksiz uyga yetib oldik.
Piti bog‘lab qo‘yilgan joyga qaradim. Yaramas it. Qorong‘u ostonalarga ko‘chganimizdan beri, uni huddi almashtirib qo’yishgandek.
Piti uyda bo’lsinda deya umid qilib borardim.
Mana uyimizga ham yetib keldik. Josh va men hovliga yugurib kirdik: “Piti! Piti!" Eshik ochilib, onam ayvonga chiqdi. U uzun sochlarini qizil ro'mol bilan o’rab olgan. Kiyimlariga bo’yoq teggan. Dadam va oyim ertalabdan beri ayvonni bo’yayotgan edilar.
- Qayerda edinglar? Tushlik vaqtidan ham o’tib ketdi.
- Piti uydami? Josh va men og’ir nafas olardik.
Biz Pitini qidirayotgan edik!
-U uydami?
Onam hayron qoshlarini chimirdi.
- Pitimi? Ammo u sizlar bilan ediku.
Umidlarim puchga chiqdi. Josh bir uyum eski barglar ustiga cho’kkalab tushdi.
Demak, u uyga kelmadimi? – dedim past ovozda. Ha, u biz bilan edi. Ammo keyin u qochib ketdi.
“Aniqroq, men hech narsani tushunmayapman!-dedi oyim jahl bilan Joshga qo‘lini silkitib: “Tur, aldashni bas qil”, dedi. -Piti qochib ketdimi? Ammo u bog'da edi.
"Menga Pitini topishga yordam bering", deb yolvordi Josh, hali ham yerdan turmay. - Keling, mashinada boraylik. Shunda uni tezroq topamiz!
"U uzoqqa ketgan deb o'ylamayman", dedi onam. – Balki oldin ovqatlnib olarsiz/ Undan keyin...
- Yo'q, tezroq boraylik! - deb baqirdi Josh.
- Bu yerda nima bo'lyapti?-dadam ayvonga chiqdi. Uning yuzi va sochlari oq rangga bo'yalgan. “Josh, nega aqldan ozgandek qichqiryapsan?
Biz dadamga nima bo'lganini aytdik. Ammo u bandligini va endi shaharni aylanib, Pitini qidira olmasligini aytdi. Keyin onam o'zi borishga va'da berdi, lekin faqat Josh bilan tushlik qilgandan keyin. Men Joshni barglar to'plamidan ko'tarib, uyga sudrab kirishimga sal qoldi.
Tezda qo‘llarimizni yuvib, yeryong‘oq yog‘i va murabboli sendvichlarimizni yedik. Onam mashinani garajdan olib chiqdi va biz blokni bir necha marta aylanib chiqdik.
Ammo Piti hech qayerdan topilmadi.
Josh va men juda xafa bo‘lib, o‘zimizni tutolmay yig‘lab yubordik. Ota-onam politsiyani chaqirdilar. Dadam bizni Piti aqlli it ekanligiga, u o'z yo'lini juda yaxshi bilishiga va uyga yugurib kelishga tayyor ekanligiga ishontirish uchun qo'lidan kelganini qildi.
Ammo Josh va men Piti topilishiga endi ishonmasdik.
U qayerga boradi?
Biz sukunatda ovqatlandik.
Bu mening hayotimdagi eng uzoq va eng dahshatli oqshom edi.
"Men uni yaxshilab bog'lab qo'ydim," dedi Josh yig'lagan ovozda. U ovqatga ham tegmadi.
"Itlarning ajoyib hid sezish va yo'nalish aniqlash sezgisi bor", dedi dadam. – Bunchalik o’ylanma. Ishonchim komilki, u keladi.
"Bugun mehmonga borish noo'rin", dedi oyim xafa bo'lib.
Men dadam va oyim bugun yangi tanishlardan birining uyiga mehmonga bormoqchi bo’lganlarini esladim.
“Menda ham biror joyga borish istagi yo'q. Kun bo'yi ayvondagi ishlar bilan charchadim- xo‘rsindi dadam. - Ammo, u yerda ko’p odamlar bo‘ladi. Qo’shnilarimiz bilan tanishib olmasak bo’lmaydi. Bolalar, bizsiz kechasi qo’rqmaysizlarmi?
“Ha, shekilli,” deb o‘z-o‘zidan javob berdim, chunki Piti xayolimda edi va balki hozir u kelib qolar deb o’ylayotgandim.
Lekin unday bo’lmadi. Uxlash vaqti ham keldi ammo Piti hech uyga qaytmadi.
Josh va men xonamizga bordik. Men charchoqdan o’zimni karavotimga tashladim. Bugun juda ko'p ko’ngilsizliklar bo'ldi, men ham charchadim. Biroq, shunday bo’lsa-da nima uchundir men darhol uxlab qololmasligimni angladim.
Hatto koridordan, eshigimga yaqinlashayotgan sokin shivir va bo'g'iq qadamlar ham meni qo’rqitmay qo’ydi. Men ularga ko’nikib qoldim.
Xotirjamlik bilan o’rnimdan turdim va chiroqni yoqdim. Kutilganidek, yo’lakda hech kim yo'q edi. Sirli tovushlar darhol to'xtadi. Men odat tusiga kirib, pardalarga qaradim. Ular harakatsiz edilar.
Men horg'in xo'rsinib kiyimlarimni shkafga joylay boshladim. Yarim soatdan keyin kiyimlarimni joylab bo’lib joyimga yotdim ammo hali ham uyqum kelmayotgandi. Men shiftga tikilib, soyalarning g‘alati o‘yinini tomosha qildim. Qancha vaqt o'tganini bilmayman. Men Piti haqida, yangi tanishlarim haqida, yangi joydagi hayotimiz haqida o'yladim ... Va keyin jimgina xirillash eshitildi.
Eshik ochildi.
Kimdir mening xonamga yashirincha kirdi.
Pol taxtalarining shitirlashi aniq eshitildi.
Men to'satdan to'shakda o'tirdim.
“Amanda... shh... bu menman.
Men juda qo'rqib ketganimdan ukamning ovozini ham darhol tanimadim.
- Josh! Nima xohlaysan?
Ko'zlarimga yorqin nur tushdi, men sekin nafas oldim va ko'zlarimni qo'lim bilan to'sdim.
"Oh, kechirasan, men bunday qilmoqchimasdim", dedi Josh. - Bu fonar.
U yorug'lik nurini shiftga qaratdi.
- Juda yorqin ekan! Chiroqdan ko‘zim hamon ko‘z qisib turardim.
- Ha, galogen, - dedi Josh g'urur bilan.
- Xo'sh, nega kelding? — so‘radim jahl bilan. Haliyam fonar nuridan ko’zlarim qamashayotgandi. Ko‘zlarimni mushtlarim bilan ishqaladim, bu ham yordam bermadi.
"Men Pitining qayerdaligini bilaman", deb pichirladi Josh. Va men uni izlamoqchiman. Men bilan borasanmi?
- Qayerda? Men soatga qaradim. “Tungi birdan oshib ketdi, Josh.
- Nima bo'libdi? Darrov borib qaytamiz.
Asta-sekin ko'zim o’ziga keldi va men Joshning tayyorlanib olganini ko'rdim: u jinsi shim va uzun yengli futbolka kiyib olgan.
“Shoshma, Josh, bir narsani tushunmayapman. Biz uni hamma joyda qidirdik. Uni qayerda deb o’ylayapsan?
- Qabristonda.
Galogen chiroqning oq nurida Joshning ko'zlari qora, katta va juda jiddiy edi.
- LEKIN?...
“Uning birinchi marta qochib ketgani esingdami? O’shanda u maktab orqasidagi qabristonga qochib ketgandi.
"Shoshma ..." deb boshladim. Lekin Josh tugatishimga ruxsat bermadi.
Biz oyim bilan ketayotganimizda uning yonidan o‘tdik. Ammo qabristonning ichiga kirmadik. U shu yerda, Amanda! Men u yerda ekanligini bilaman. Agar men bilan borishni xohlamasang yolg'iz boraman.
Josh, tinchla! Qo‘limni yelkasiga qo‘yib, butun vujudi titrayotganini his qildim. "O'ylab ko'r: nega Piti qabristonga qochib ketadi?"
"Birinchi marta qochib ketganida ham o’sha yerga borgandi", dedi Josh. U yerda nimadir qidirayotgan edi. Nimanidir hidladi. Ko'rdim, ishonchim komil. Va men u yana o'sha yerda ekanligini bilaman. U mendan uzoqlashdi va qo'limni yelkasidan siltab tashladi. Xo'sh, borasanmi yoki yo’qmi?
Yo'q, mening ukam haqiqatan ham dunyodagi eng qaysar odam!
"Josh, yarim kechasi rostdan qabristonga bormoqchimisan?"
- Men qo'rqmayman! U fonar nuri bilan xonani aylanib chiqdi.
Nazarimda, bir soniya derazada qandaydir shakl miltillagandek tuyuldi. Kimdir parda ortiga yashiringandek. Men qo'rquvdan baqirib yuboray dedim. Lekin, albatta, u yerda hech kim yo'q edi. Faqat soya, hammasi shu.
— Xo'sh, borasanmi yoki yo’qmi? — sabrsizlik bilan takrorladi Josh.
Men keskin rad etmoqchi edim. Ammo keyin pardalarga qarab, tunda qabriston aylanib yurish yoki ushbu xonada yolg’iz qolish qaysi biri dahshatliroq ekanligini o’yladim.
- Mayli, ko’ndirding, - dedim men. “chiqib tur, kiyinib olay.
- Yaxshi.-Josh fonarni o‘chirdi va xona yana zulmatda qoldi. "Meni koridorda kutib tur.
"Josh... Kelishib olaylik biz tezda qabristondan borib, darhol qaytib boramiz." Xo’pmi?
- Xavotir olma, dadam va oyim mehmondorchilikdan kelguncha qaytamiz.
U koridorga chiqdi va men uning zinadan yugurib tushganini eshitdim.
Men chiroqni yoqmadim.
Kechasi qabristonga borish! Qanday uning aqliga bunday ahmoqona fikrlar kelarkin-a?! — deb o'yladim.
Biroq, o’ylantirgan bir narsa bor edi. Men Joshning xato qilganiga shubha qilmasdim. Ammo Piti, bizdan farqli o'laroq, hech qachon kechasi qabristonga bormagan bo’lardi. U yerda nima qilishi mumkin?
Ammo masofa uzoq emas edi. Bundan tashqari, bu haqiqiy sarguzasht! Ketiga yozadigan mavzu bo'ladi.
Va agar Josh to'g'ri o’ylagan bo'lsa va biz Pitini topsak, bu juda yaxshi bo'ladi!
Uch daqiqadan so'ng, jinsi shim va yengil sviter kiyib, uydan chiqdim. Josh meni tashqarida kutib turardi. Men qalin kiyganimdan afsuslandim. Tashqarida issiq edi. Osmon yana bulutli edi. Hech qanday yulduz yoki oy ko'rinmasdi. Endigina shaharda bitta ham chiroq yo‘qligini payqadim.
Josh chiroqni oyog‘i ostiga ko‘rsatib yoqdi.
- Tayyormisan?
Ahmoqona savol! Agar tayyor bo'lmaganimda shu yerda turgan bo'larmidim?
Biz maktabga bordik. Maktabdan qabristongacha bor-yo‘g‘i ikki ko‘cha bor edi.
"Bu yer qorong'i", deb pichirladim.
Hech bir uyda chiroq yoqilmagan. Birorta ham ovoz eshitilmadi. Hatto shamol ham tindi. Huddiki Josh va men shaharda yolg'iz qolgandek taassurot paydo bo’ldi.
- Jim, - deb qo'shib qo'ydim men Joshga zo'rg'a ergashib. “Hatto chigirtkalarning chirillashi ham eshitilmayapti. Qabristonga borish fikridan qaytmadingmi?
- Bu haqida gap bo’lishi mumkin emas. Josh ko'zlarini bir necha qadam oldinda miltillovchi oq yorug'lik doirasiga qaratdi. Chiroq haqiqatan ham yorqin edi. “Ishonchim komilki, Piti u yerda.
Biz piyodalar yo‘lagiga yaqin turib, asfalt bo‘ylab yurdik. Biz allaqachon ikki blokni bosib o'tdik. Yana bir burilish - va maktab oldinda paydo bo'ladi. Keyin orqamizdan qadam tovushlarini eshitdik.
Josh bilan men birdan to‘xtadik. U chiroqni biroz xira qildi.Ikkimiz ham oyoq tovushini eshitdik. Kimdir bizni kuzatib kelardi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев