10-qism
Qora bulutlar deyarli yerga tegar darajaga keldi. Hatto atrofdagi havo ham og'irlashdi.
Josh Pitining bog’ichi bilan ovora bo’lib atrofdagi hech narsani sezmadi. Men umidsizlik bilan Reyga qaradim. Nahotki u hech narsa demasa? Nahotki ularni to'xtatmasa? Ammo uning yuzida biror ifoda yo’q edi. U hatto men tomonga qaramadi.
Atrofimizdagi halqa tobora torayib borayotgandi.
Qo‘rquvdan nafasim tiqilib qoldi. Men chuqur nafas oldim va baqirish uchun og'zimni ochdim ...
"Hoy bolalar, nima qilyapmiz?" — katta yoshli erkakning ovozi keldi.
Hamma birdan ovoz kelgan tomonga o'girildi. Ko'chaning narigi tomonidan janob Deyvs tez yurib kelardi.
- Xo'sh, nima qilyapmiz? — deb savolini takrorladi.
U bolalar Josh bilan menga tahdid qilishayotganini tushunmadi shekilli.
"Stadionga ketyapmiz", dedi Jorj Karpenter beysbol tayoqchasini ko'tarib. - Softbol o'ynash uchun.
- Juda yaxshi!-Janob Deyvs bulutli osmonga qaradi. -Yomg'ir yog'masa edi.
Bolalar ikki yoki uch kishidan iborat kichik guruhlarga bo'linib ketishdi.
"Bu softbol tayoqchasimi yoki haqiqiy beysbol tayoqchasimi?" – deb so‘radi janob Deyvs Jorjdan.
"Jorj bilmaydi", dedi Bolalardan biri. U hayotida birinchi marta uni ushlab turibdi.
Bolalar kulib yuborishdi. Jorj ularni hazillashib, kaltak bilan qo‘rqitdi.
Janob Deyvs qo‘lini silkitib, ketmoqchi bo‘lib, meni va Joshni ko‘rdi. Uning yuzida chinakam hayrat paydo bo'ldi. Balki menga shunday tuyulgandir.
- Salom! U samimiy tabassum qildi. - Josh. Amanda. Men sizni darhol ko'rmadim.
"Xayrli tong", deb g'o'ldiradim men.
Biroz oldin qo’rqqanimdan nafas ololmaslik darajasiga keltirgan bolalar endi o’zaro xazillashib kulib turishardi..
Bularning barchasi shunchaki hayolim mahsulimi? Josh va Rey buni sezishmagani aniq... Balki men yana turli dahshatlarni tasavvur qilgandirman? Bu men bilan oxirgi paytlarda tez-tez sodir bo'lmoqda.
Agar janob Deyvs kelmaganida nima bo'lardi?
- Yangi uyingizga qanday munosabatdasiz? Sekin-asta ko'nikyapsizmi? – deb so‘radi Janob Deyvs qo‘li bilan taralgan sochlarini silliq qilib.
- Ha, - dedik Josh va men bir ovozdan.
Piti janob Deyvsga otilib vovullay boshladi.
Janob Deyvsning yuzida xafalik ifodasi paydo bo'ldi.
— Itingiz meni hech yoqtirmadida, — dedi u jiddiy va xavotir bilan. U Pitining oldiga cho‘kkalab o‘tirdi. - Hoy it, kel do'st bo'laylik.
Piti unga jahl bilan javob berdi.
— Bugun kayfiyati yo‘q, — tushuntirdim xijolat bo‘lib. - U hammaga tashlanyapti.
Janob Deyvs o‘rnidan turib, yelka qisdi.
"Majburlab yaxshi ko’rdirishning iloji yo’q", dedi u va ko'cha o'rtasida qoldirgan mashinasi tomon ketdi. — Aytgancha, men sizning uyingizga ketyapman, — dedi u menga va Joshga. -Ota-onangiz bilan ko’rishishim kerak. Balki ularga biror narsa kerakdir. Mayli bolalar, xayr.
U mashinaga o'tirdi va ketdi.
"Yaxshi inson", dedi Rey.
“Ha”, dedim men. Hali ham o’zimni noqulay his qilib.
Endi janob Deyvs ketganidan keyin nima bo'ladi? Bolalar bizni yana qurshab olishsachi? Lekin unday bo’lmadi! Bolalar o’zaro xazillashib, kulishib maktab orqasidagi stadion tomon yo‘l olishdi. Josh va menga e'tibor ham berishmadi.
O'zimni butunlay ahmoqdek his qildim va nihoyat hech kim bizga hujum qilmasligiga amin bo'ldim. Demak, men o’zimcha oshirib yuboribman. Har holda qo’rquvdan dod solmaganimga shukr qildim. Tasavvur qiling-a, men qanchalik ahmoq bo’lib ko’rinardim!
Stadionda bizning guruhdan boshqa hech kim yo'q edi. Ehtimol, boshqa bolalar uylaridadir. Ob-havo yomon, har qanday vaqtda yomg'ir yog'ishi mumkin. To‘rtburchak shaklidagi katta gazonli maydon pastak metall panjara bilan o‘ralgan edi. Bundan tashqari, beysbol maydoni va panjara ortida uchta tennis korti bor edi. Lekin u yerda ham hech kim yo'q edi.
Josh Pitini panjaraga bog‘lab, boshqalarga qo‘shildi. Jerri Franklin bizni jamoalarga ajratdi. Rey va men bir jamoada, Josh boshqa jamoada bo'ldik.
Jamoalar maydonga tushganida biroz xavotirda edim. Men softbolda unchalik yaxshi emasman, to'pni yaxshi uraman. Lekin maydonga jamoa bo'lib kirishim bilan darhol adashib qolaman va joyimda haykaldek qotib qolaman. Yaxshiyamki, Jerri meni to'plar tez-tez yuborilmaydigan o'ng tarafga qo'ydi.
Bulutlar biroz tarqalib, osmon yorishdi. Biz ikkita to'liq o’yinni o'ynadik. Jamoamiz sharmandali 2:8 hisobida mag'lub bo'ldi. Lekin o’yin baribir menga yoqdi. Men faqat bitta to'pni o’tkazib yubordim. Va hayotimda birinchi marta ikkilik zarba berdim.
Va umuman, hamma narsa ajoyib edi. Bizning yangi do'stlarimiz ajoyib bolalar edi. Menga, ayniqsa, Karen Somerset juda yoqdi, biz u bilan o’yinga navbat kutayotganimizda suhbatlashdik. Karen juda yoqimli tabassum qilarkan - ochiq va mehribon. Hatto yuqori va pastki tishlardagi breketlar ham uni buzmadi. Men Karen ham men bilan do'st bo'lishni xohlayotkanini sezdim.
Jamoamiz uchinchi o’yinga chiqqanida osmon yanada tiniqlashdi va quyosh bulutlar ortidan chiqdi. O‘rindiqlarimizni egallashga ulgurmay, birdan orqamdan shitirlagan hushtak yangradi. Men qo‘rquv bilan atrofga qaradim. Jerri Franklin kichik kumush hushtak chaldi.
Hamma unga qarab yugurdi.
“Bugunga yetadi”, deb e’lon qildi u ko‘zlarini musaffo osmonga qaratib. - Tez orada kechki ovqat. Ota-onalarimiz menga kechikmaslikni tayinlashgan.
Men soatga qaradim. Soat atigi o‘n bir yarim. Tushlikgacha hali ancha vaqt bor.
Meni ajablantirgani, hech kim Jerriga e'tiroz bildirmadi.
Ular shosha-pisha xayrlashib, uylariga yugurishdi. Men hayron bo‘lib ularning ortidan ergashdim. Ular xuddi kross yugurayotgandek shoshib ko’zdan g’oyib bo’lishdi.
Karen ham boshini oldinga egib yugurib ketdi. Uning yoqimli chehrasi jiddiy va xavotirli tus oldi. U yonimdan yugurib o'tdi, lekin birdan to'xtadi va menga o'girildi:
Amanda, siz bilan tanishganimdan xursandman. Ko'rishguncha!
- Albatta!-men xursandchilik bilan javob berdim. - Qayerda yashayotganimni bilasanmi?
Karen bosh chayqadi va nimadir dedi. Men yana yomon eshitdim. Ammo menimcha, u: “Ha. Bilaman. MEN SIZNING UYINGIZDA YASHAR EDIM”.
Garchi u bunday deyishi noto’g’ri bo’lsada.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев