6-qism
Kechqurun, joyimda yotib, bugungi xazilimni esladim va yana baland ovozda kulib yubordim. Voy, men Joshni qo'rqitdim! Hech narsa bo'lmagandek zinadan tushganimda uning yuzini ko'rishingiz kerak edi. Menga hech narsa bo‘lmaganiga amin bo‘lganida ham ancha vaqt o‘ziga kela olmadi. Va keyin u men uni o’yin qilganimdan qattiq jaxli chiqdi.
Onam va dadam ham mening xazilimni ma’qullashmadi. Ikkisining ham jaxli chiqdi. Yuklarimiz kelishi kerak bo’lgan mashina kechikayotgan edi. Ota-onam meni endi koyimoqchi bo’lgan vaqtda mashina kelib qoldi va ular bizga faqat yarashishni va boshqa bir-birimizni qo'rqitmaslikka ravishda va'da berishni aytishdi.
Garchi istamasak-da, biz boshqa qaltis xazil qilmaslikka va bir-birimizni qo'rqitmaslikka va'da berdik.
Ishchilar yomon ob-havoni la'natlab, uyga narsalarni olib kirishni boshladilar. Josh bilan men ham yordam berdik, ishchilarga narsalarni qayerga olib borishni ko'rsatdik.
Ulkan uyda bizning eski mebellarimiz qandaydir begona va go'yo o'yinchoqdek tuyulardi. Onam va dadam qutilarni ochishdi, narsalarni tartibga solishdi va shkafga kiyimlarni osib qo'yishdi. Josh va men ularning oyoqlari ostida o’ralashmaslikka harakat qildik. Dadam va oyim kechgacha narsalar bilan ovora bo'lishdi. Ammo ular juda ko'p ish qilishdi. Onam hatto xonamga pardalar osib qo’ydi.
Men o'n bir yilda birinchi marta erta uxlashga yotdim. Men juda charchagandim va darhol uxlab qolaman deb o'yladim. Lekin negadir unday bo’lmadi. Men u yoqdan bu yoqqa o'girildim, garchi o’z karavotimda yotgan bo’lsamda u menga noqulay tuyulayotgandi. Atrof boshqacha katta xona, bo’sh devorlar (hali plakatlarimni osishga ulgurmagandim). Shu vaqt birdan tanamni chumoli bosgandek bo’ldi. O’rnimdan sakrab turdim ammo heh narsa yo’q edi.
O‘zimni majburlab yotib ko‘zimni yumdim. Ba'zida uyqum kelmasa, indamay juft sonlarni sanab yotaman. Bu hayolni ortiqcha fikrlardan tozalashga va oxir-oqibat uxlashga yordam beradi.
Men yostiq bilan yuzimni yopdim va ko'zlarim oldida juda ko'p sonlar suzayotganini tasavvur qildim ... 4 ... 6 ... 8 ...
Soat tungi ikki yarim...
Menda “Endi men hech qachon uxlay olmayman", degan fikr paydo bo'ldi. Men bu xonada hech qachon uxlay olmayman. Hech qachon".
Lekin baribir uxlab qoldim. Qancha uxlaganimni bilmayman. Menimcha, bir-ikki soat, undan ortiq emas. Bu hatto uyqu ham emas, qandaydir yengil “ko’z ilinishi” edi. Og'ir va bezovta qiluvchi. Va keyin nimadir meni uyg'otdi. Men karavotga o'tirdim, qo'rquv bilan atrofga qaradim. Xona issiq bo’lsada men nimagadir sovuq qotayotgan edim. Qarasam adyolim polda yotgan ekan. Men uni uyqumda tushirib yuborgan bo'lsam kerak. Men adyolga qo‘l cho‘zdim, lekin qo‘rquvdan darhol qotib qoldim.
Men shivirlagan tovushni eshitdim.
Xonaning uzoq burchagidan.
— Hoy... bu yerda kim bor? — deb ehtiyotkorlik bilan pichirladim.
U adyolni olib, boshimni yopib oldim. Shu vaqt yana pichirlash eshitildi. Ko'zim asta-sekin xira yorug'likka o'rganib qoldi va xonadagi narsalarning noaniq konturlari aniqroq ko’rina boshladi.
Uzun pardalar polga tegib yengil shitirlagan ovoz chiqarayotgandi. Meni shu ovoz uyg’otgan bo’lsa kerak.
Derazadan xira kulrang yorug'lik tushib turardi. Tebranib turgan pardalar devorga g‘alati titroq soyalar tushirardi.
Men esnadim va derazani yopish uchun yotoqdan turdim. Sababi juda sovuq qotgan edim. Deraza oldiga borganimda pardalar qimirlamay qoldi. Aftidan, shamol boshqa tomonga esa boshladi. Pardani surib, derazani yopish uchun qo‘limni uzatganimda qo’rquvdan peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi.
- Voy!!!
Deraza yopiq edi.
Ammo deraza yopiq bo'lsa, unda nega pardalar tebrandi? Keyin qo’limni deraza romi bo’ylab yurg’azdim. Ammo hech qanday havoni his qilmadim. Deraza mahkam yopiq edi. Balki menga tushimda pardalar tebranayotgandek tuyulgandir?
Men yana esnadim va yana yotdim.
"Amanda, ehtimol o'zingizni qo'rqitishni bas qilarsan? – dedim o‘zimga baland ovozda.
Bu safar deyarli bir zumda uxlab qoldim. Va men dahshatli tush ko'rdim. Juda yomon tush.
Tushimda biz hammamiz o’lgan emishmiz. Onam, dadam, Josh va men. Avvaliga hech qanday yomon narsa yo'qdek tuyuldi. To'rttalamiz yangi oshxonamizdagi stolga o'tirdik. Xona yorqin nurga to'ldi. Shu qadar yorqinki, avvaliga men yuzlarni ko'ra olmadim. Ammo keyin yorug'lik so'na boshladi va asta-sekin hamma narsa oydinlashdi. O‘shanda bizda umuman yuz yo‘qligini ko‘rdim. Va faqat kulrang-yashil bosh suyagi bor. Men hamma bilan stolga o'tirdim va shu bilan birga hammani kuzatib turardim ham. Shu jumladan o’zimni ham. Yonoq suyaklarimdan yonoqlarimgacha teri parchalari osilib turardi. Ko'zlar yo'q edi. Ularning o'rnida ko'z bo'shlig'ida qora tuynuklar edi.
Biz stolga o'tirdik - o'lik - va to'liq sukunatda ovqatlandik. Plitalar ustida bir necha mayda suyaklar bor edi. Stol o'rtasida tog'li kulrang-yashil suyaklari bo'lgan katta idish turardi. Suyaklar odamga o'xshardi.
Va keyin kimdir eshikni taqillatdi. Doimiy va baland ovozda. Bu Keti edi. Uyda qolgan eng yaxshi do'stim. Men uning ayvon eshigini mushtlari bilan taqillatganini ko‘rdim. Bu tushingizda devor ortini ko'rganingizda sodir bo'ladi.
Men unga eshikni ochmoqchi bo’ldim. Men u bilan gaplashib, unga menga nima bo'lganini men o'lganimni va endi yuzim yo'qligini aytmoqchi bo’ldim.
Men Ketini ko'rishni juda xohlardim!
Lekin stoldan turolmadim. Qanchalik urinsam ham, o‘rnimdan turolmadim.
Eshikning taqqillashi tobora kuchayib borardi. Quloqni kar qilar darajaga yetdi. Ammo men dadam, onam va ukam bilan stolda o'tirib, bu dahshatli suyaklarni yeyishni davom ettirdim.
Men uyg’onib ketdim. Ammo tushdan keyingi qo'rquv yo'qolmadi. Allaqachon tong otgan, deraza tashqarisida osmon musaffo edi.
- O yo’q!
Pardalar! Ular yana qimirlashni boshladi: huddiki kuchli shamolda harakatlanayotgan kema yelkanlari kabi.
Men qo’rquvdan joyimdan qimirlay olmay qoldim. Sababi deraza yopiq edi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев