4-qism
- Oyoqlaringizni arting!-dedi onam mehmonxonadan turib. Uning ovozi bo'm-bo'sh xonaning devorlarida aks-sado berdi. “Uyga loy olib kirmang. Pollar toza!”
Men koridorga kirdim. Uydan yangi bo'yoq hidi kelardi. Bugun shanba va bo’yoqchilar payshanba kuni ishni tugatgan. Uy ichi tashqariga qaraganda ancha issiqroq.
- Oshxonada chiroq yo'q-dadamning ovozi uyning ichkarisidan keldi. - Bo'yoqchilar elektrni uzib qo'yishgan shekilli.
- Oyi ... u yerda, ikkinchi qavatda kimdir bor! Tezda eshik yonidagi yangi gilamga oyoqlarimni artib, mehmonxonaga yugurdim.
Onam deraza yonida turib, yomg'irni tomosha qilardi. Ehtimol, yuk mashinalari ko‘rinishini kutayotgandir. Ichkariga kirganimda, u keskin o‘girildi.
- Nima?
“U yerda bir bola bor. Men uni ko'chadan ko'rdim. U derazadan menga qaradi, - dedim nafasimni rostlab.
"Uyda hech kim yo'q va bo'lishi ham mumkin emas", dedi onam asabiylashib. Bugun meni tinch qo’yasizmi yoki yo'qmi? Eshit, Amanda, bugun hammamiz charchaganmiz..." deb boshladi onam, lekin men uning gapini tugatishiga ruxsat bermadim.
Oyi, men uni ko'rdim. Oynada. Men hali aqlimni yo'qotganim yo'q!
- Ishonching komilmi? — dedi Josh kinoya bilan.
- Amanda!-onam har doimgidek jahli chiqqanida labini tishladi. Bu qandaydir sharpa bo'lsa kerak. Masalan, daraxtlar soyasi.
U derazaga qaytdi. Endi yomg'ir chelaklab quyayotgan edi. Ko'tarilgan shamol yomg'ir tomchilarini derazaga ura boshladi.
Men zinapoyaga yugurdim:
- Hoy, u yerda kimdir bormi?
Sukunat.
- Kim u? — deb yana qattiqroq baqirdim. Onam quloqlarini qo'llari bilan yopdi.
- Amanda, iltimos!
Josh yugurib oshxonaga kirdi. U nihoyat atrofni ko’zdan kechirishga qaror qildi.
"Tepada kimdir bor", deb o'jarlik bilan o'rnimdan turdim.
Axir, men derazada bir bolani ko'rdim va negadir men uning shunchaki daraxt soyasi emasligiga amin edim.
"Amanda", - deb chaqirdi onam, - kutib tur.
Lekin men boshqa uning gapiga quloq solmadim. Mening ham jahlim chiqdi. Nega onam menga ishonmaydi? Men nima, shunchalik aqlsizmanmi tirik odam bilan soyani farqlay olmasam?
Meni qiziquvchanlik va g'azab o’rnimdan qo'zg'atdi. Men tepada kim borligini bilmoqchi, onamga haqligimni isbotlamoqchi edim. Men aniq bolani ko'rdim. Ba'zida men ham qaysarman. Ehtimol, bu bizda oilaviydir.
Eski zinapoyalar oyog‘im ostida g‘ijirladi. Zinadan ko‘tarilar ekanman, hech qanday qo‘rquvni his qilmadim. Ammo qorong'i platformaga chiqishim bilan birdan qo'rqib ketdim. Haqiqatan ham qo'rqinchli. Bu shunchalik qo'rqinchliki, nafas olishim ham sekinlashib qoldi.
O‘rnimda qotib qoldim, panjaraga suyanib nafasimni rostlab oldim.
U kim bo'lishi mumkinligini o'ylamasdan, derazada kimni ko'rganimni bilishga shoshildim. O'g'ri? Yoki xazillashish uchun bo‘m-bo‘sh eski uyga yashirinib kirgan qo‘shni bolami?
Endigina men bu yerga yolg'iz kelmasligim kerak edi, degan xayolga keldim.
Agar bu yomon bola bo'lsa-chi?
- Bu yerda kimdir bormi?
Men diqqat bilan quloq solib turdim. Qadam tovushlari eshitilgandek bo’ldi.
Yo'q. Qadamlar emas. Yomg'ir edi. Men birdan tinchlandim. Ya'ni, butunlay emas-u, ammo yomg'ir ovozi menga negadir shijoat bag'ishladi. Men panjaradan uzoqlashdim va qorong'i tor yo'lak bo'ylab bir oz oldinga yurdim. Yo'lakning faqat eng chekkasida xira kulrang yorug'lik - deraza bor edi.
Yana bir necha qadam tashladim. Eski darz ketgan taxtalar oyoq ostida qattiq g'ijirladi.
- Bu yerda kimdir bormi?
Javob yo'q.
Men koridorning chap tomonidagi birinchi eshikka bordim. Eshik yopiq edi. Yangi bo‘yoq hidi boshimni aylantirdi. Eshik yonida kalit bor edi. “Balki yo‘lakdagi chiroq shu yerdan yoqilar”, deb o‘yladim va tugmani bosdim. Lekin chiroq yonmadi.
— Hoy, bu yerda kimdir bormi?
Men eshik tutqichini ushladim. Qo‘lim titrab ketdi. Eshik tutqichi issiq va nam edi.
Men uni aylantirdim, chuqur nafas oldim va eshikni ochdim.
Qo'rqib xonaga qaradim. U yer ham qorong'i edi. Deraza orqali tushayotgan xira yorug'lik xonani yoritish uchun yetarli emasdi. Deraza tashqarisida chaqmoq chaqnashi meni hayratga soldi. Men hatto eshikdan orqaga qaytdim. Uzoqdan momaqaldiroqning bo'g'iq gumburlashi eshitildi.
Men jasoratimni to'plab, xonaga kirdim. Bir qadam, ikki...
Xonada hech kim yo'q edi.
Bu mehmonlar yotoqxonasi edi, ko'chaga qaragan mening xonamdagidek katta yarim doira oynasi bo'lgan keng xona edi. Agar Josh xohlasa, bu uning xonasi bo'ladi.
Deraza tashqarisida yana chaqmoq chaqdi. Butun osmon bulutlar bilan qoplangan va shuning uchun allaqachon qorong’u tushganga o'xshardi. Garchi soat endi uch bo'lgan bo'lsa ham, ehtimol uch yarim.
Men koridorga qaytdim. Keyingi xona meniki edi.
Hovlidan qaraganda, derazam qayerda ekanligini aniqlashga harakat qildim. Balki notanish bola mening xonam derazasidan qarab turgandir?
Negadir qo‘limni devorga tutgancha yo‘lak bo‘ylab yurdim. Xonamning eshigi ham yopiq edi.
Men jasoratimni yig‘ib, eshikni taqilladim.
- Bu yerda kimdir bormi?
Sukunat.
Yana momaqaldiroq gumburladi. Endi u birinchisiga qaraganda balandroq. Men qo'rquvdan joyimdan qimirlay olmay qoldim. Boshim aylana boshladi.
Men eshik tutqichini ushladim.
- Bu yerda kimdir bormi?
Tutqichni burdim... keyin kimdir orqamdan sekin kelib, yelkamdan ushlab oldi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев