NUR
30-qism
Bu kundalikni oʻqib borar ekanman opam haqida koʻproq bilib bordim. Opam oddiy inslnlardek oʻylar, fikrlar, tuygʻulari ham oddiy odamlarnikidek edi. Men oʻylanib qoldim. Nahot shunchalar koʻzim koʻr boʻlgan. Men faqat hayotdan va odamlardan alamzada Veylani koʻrgan ekanman. Aslida opamning qalbi oʻzgacha ekan. Buni u ishqiy roman va sarguzashtga boy kitoblaridan bilishim kerak edi. Javonda tizilib turgan, hozir qalin chang va oʻrgimchak toʻri qoplangan kitoblar faqat bu uy oddiy odamlarnikidek koʻrinishi uchun deb oʻylardim. Ammo men xato oʻylagandim. Veyla bu kitoblardan oʻz sevgisini izlagan. Qalb yarasiga malham, sogʻinchini bostirish uchun madad izlagan. Kundalikda u oʻqigan kitoblardan keltirilgan iqtibos va ularga yozilgan Veylaning tariflari bor edi. Mana ulardan biri:
" Mening hayotim goʻyo sokin turgan bir dengiz edi. Ammo u bir quyundek hayotimga kirib keldi. Hayotim esa toʻfon kabi oʻz izmidan chiqdi. Mening hayotim joʻshqinlashgandi, goʻyo endi yuragim urayotgande. Ammo u hayotimdan ketgandan soʻng yuragim toʻfonda parchalangan kemadek boʻlaklarga boʻlinib ketdi"... " U qalbini parchalangan insonini sevgan. Bu qanday boʻlishi mumkin. Qanday qilib bir qiz oʻz hayotini barbot qilgan odamni sevishi mumkin. Bu telbalik. Ammo sevgi telbalik ekan. U qoidalarni pisand qilmaydi. Men ham unutdim. Kimligimni, oʻzligimni, uni kimligini. Bu endi ahamiyatsiz edi. Bilaman bu ishim xato. Ammo endi kech. Men oʻsha lahzalarni juda yaxshi xotirlayman. Unga ilk bor sevgi toʻla koʻzlar bilan tikilganim... Men oʻzimni axmoqona tutdim. Hislarim nazoratini yoqotdim. U buni sezdi. Ilk bor unga boshqacha qarashimni sezib qoldi. Bu oʻtkinchi tuygʻu dedi hissizlarcha. Oʻsha kundan soʻng men unga qarashga uyaldim. Ammo baribir qalbga buyruq berib boʻlarmidi. Men hamon umid qilardim. Qachondir u ham menga nisbatan biror hisni tuyishiga, meni anglab yetishiga..."
...................
Uning umidi soʻnmadi va oʻylaganlari amalga oshdi. Jin ursin! Nahot opam shunchalar ojiz boʻlgan. Ular hammadan munosabatlarini yashirgan. Kundalikdagi satirlar tobora opamning sirlarini menga ochib borardi. Hozir oʻqib turganlarim esa meni butkul esankiratib qoʻydi:
"Ikkimiz ham buni kutmagan edik. Albatta men bundan hursand boʻldim. Ahir men ona boʻlish arafasida edim. Devil esa buni hohlamas edi. Ochiqchasiga buni tan oldi. Buni sezib qolganimga endi bir necha kun boʻlgandi holos. Ammo yuragim ostidagi farzandim soat sayin oʻsib borayotgandek edi. Bundan ikkovimiz ham tashvishga tushdik. Buni boshqalarga bildirmaslik uchun Olsterni tark etdik. Albatta bundan hech kim shubhalanmadi. Chunki ikkimiz koʻp bora boshqa yerlarni bosib olish uchun hiyla ishlatib amaldorlarni oʻzimizga boʻysundirar edik. Uzoq bir qishliqqa bordik. U yerda yashirinib yurgan bir qancha jodugarlar bor edi. Devilni koʻrib ba'zilari bosh egdi. Ba'zilari qoʻrquvdan qochib qoldi. Ulardan biri eng keksa jodugar bizni qarshi oldi.
- Nima xizmat bor bizga hukumdorim, -deya bosh egdi. Ammo biz bir ogʻiz soʻz aytmasizimdan u keskin boshini koʻtarib menga oʻtkir nigoh bilan qarab qotib qoldi.
- Nima deyolasan bu haqda Irma?
- Ooo hukumdorim buning yakuni oʻlim. Ammo bizni oldimizga kelibsizmi demak biz yordam bera olamiz. Singillarim va men sizning zurriyodingizni asrab qolamiz.
- Faqat Veyla omon qolsin, bolani oʻlik tirikligi menga muhim emas.
Bu soʻzlarni eshitib koʻnglim ogʻridi. U ketdi. Farzadimizni taqdir hukmiga tashladiyu ketdi....
U oʻzini uzoq kuttirmadi. Oʻsha yomgʻirli tunda u bu dunyoga kelishga qaror qildi. Men oʻsha tun ilk bor oʻlim bilan yuzma yuz keldim. Irma buyuk jodugar edi. Agar u yordam bermaganda men oʻsha tunda halok boʻlardim. Tong yorishganda oʻzimga keldim. Ular matoga oʻralgan bir mitti vujudni qoʻlimga berishdi. Uning biroz moviy va kulrang koʻzlarini koʻrib ilk bor onalik baxtini tuydim. Kumushrang sochlari, marvarid rangdagi terisi shunchalar mayin ediki goʻyo qoʻlimda farishtani ushlab turganday edim. Ifori esa shunchalar yoqimliki, bunday iforni aslo boshqa uchratmaysiz. Men shu jajji farishtaning onasi edim.
- Hukumdorim qiz farzandli boʻldingiz. Ammo bu bilan sizni tabriklaymi yoʻqmi bilolmay qoldim.
Tashqaridan Irmaning ovozi eshitildi. Keyin eshik ochilib Devil va Irma kirib keldi. Devil menga va qoʻlimdagi chaqaloqqa tikilib qoldi.
- Uni ahvoli yaxshimi?
- Ha u juda kuchli ekan. Men oʻlib qolsa kerak deb oʻylab juda qoʻrqdim.
- Yaxshi. Sizlardan qarzdorman Irma. Ammo yana bir iltimosim bor. Ishonchim komil sizlar bu chaqaloqqa yaxshi qaray olasiz. Biz ketamiz u esa sizga omonat.
Bir borgina bagʻrimga bosgan mitti farishtamni oʻsha ondayoq mendan tortib olishdi. Dod-faryodim, oʻtinchlarim Devilni fikrini oʻzgartirishga kuchi yetmadi. Faqatgina unga ism berib bir bor bagʻrimga bosish nasib etdi holos. Mening farishtam, jonim parchasi qizalogʻim Dayana mensiz, men esa usiz qoldik.... "
Qoʻlimdagi kundalik yerga tushdi. Koʻzlarim esa stol ustida turgan foto albomga tikilib bir nuqtada qotib qoldi. Uning sirtiga yozilgan ism va ichidagi oʻsha qizning suratlari butun fikr hayolimni egalladi. DAYANA...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4
Наш Telegram