NUR
29-qism
Sovuq polga asta oʻtirib kundalikni keyingi sahifasini ochdim. Veyla juda chiroyli rasm chizar edi. Koʻpincha oddiy qalamda chizar edi. Kundalikning butun sahifasini chiroyli naqsh bilan bezagandi. Keyingi sahifasini varoqladim va chiroyli husnixat bilan yozilgan she'rga koʻzim tushdi:
" Derlar " Senga koʻzyosh begona,
Qaygʻu, armon, hijron begona.
Yuraging tosh shavqat bilmaysan,
Ishq, muhabbat, sevgi begona".
Ammo ular koʻrmagan yoshim,
Sinovlarda oʻlgan bardoshim.
Olovlarda yongan qalbim-u,
Xoʻrliklardan chiqmagan boshim.
Quvonchimni tortib oldilar,
Ishonchimni yakson qildilar.
Bir gul edim hayot bogʻimda,
Uzdilar-u xazon qildilar... "
"Bu she'rni bir kitobda oʻqigan edim. Ajoyib she'r! Goʻyo men uchun yozilgandek. Mening hayotim haqida... Azoblarim haqida... Armonlarim haqida... Yoʻq men oʻtmishni eslashni istamayman. Oʻtmishimdan arzirli goʻzal xotiralar yoʻq. Faqat Leo bilan oʻtgan bolalik damlarim men uchun qadirli. Agar Devil boʻlmaganda men oʻz jahannamimda yonib kul boʻlardim. Leo esa bu dunyoni tark etgan boʻlar edi. U bizga yangi hayot berdi. U shavqatsiz qotil edi. Ammo aynan u bizni qutqardi. Balki shu sababdan ham uni sevgandirman."
Nima? Nahotki Veyla Devilni sevgan boʻlsa. Ammo men buni hech qachon sezmaganman. Opam uni faqat xurmat qiladi deb bilardim. Va undan qoʻrqqani uchun ham unga boʻysunadi deb oʻylardim. Ammo uni sevishini aslo hayolimga ham keltirmagandim. Bu boʻlishi mumkin emas. Shoshib toʻxtagan joyimdan davom etdim.
"Ha men uni sevardim. Ilk bor men kim uchundir kerakli boʻldim. Ilk bor kimdir uchun qadirli inson boʻldim. U oʻziga ohanrabodek tortar edi. Olov koʻzlari jonimni yoqar edi. Endi hayotimda faqat ikki kishi bor edi. Leo va Devil."
Mana nima uchun Veyla Devilni qaytarishga jon jahdi bilan uringan. Bir necha bor Volturilar qasriga kirishga harakat qildi. Asrlar davomida ularni kuzatdik. Men Devilsiz ham erkinlikda hayotimiz yaxshi deb oʻylardim. Ammo Veyla doim u uchun harakat qilgan. Volturilar yakson etilganda u juda hursand boʻldi. Italyaga borib Volterrani ostun ustun qildi. Devilning uzugini uzoq vaqat izladi. Vanihoyat Devil bandi etilgan gʻorni topti. Uning ruhini qisman tanasiga qaytardi. Ammo uzuksiz oddiy kuchsiz tanaga ega vampir edi holos. Va gʻordan ham chiqib keta olmasdi. Keyin biz Elizabet haqida Devilga soʻzlab berdik. Shunda Devil faqat Elizabet unga yordam bera olishini va uzuk ham aynan unda ekanligini aytdi. Volturilar undan qoʻrqqan va uni yoʻq qilmoqchi boʻlishgan. Keyin biz reja tuzdik. Uni gʻorga olib kelishimiz kerak edi. Ammo biz hech narsa qilmadik Elizabetni oʻzi Devilni izlashga tushdi.Devilni topdi. Biz oʻsha vaqtda Volterrada Elizabetni kutib olish uchun tayorgarlik koʻrayotgandik. Bir zumda u paydo boʻldi va Veylani oʻzi bilan olib ketdi. Gʻorga yetib borganimda Veylaning jonsiz murdasi va uning qonidan chizilgan aylana ichidagi yulduz suratini koʻrdim. Mana uning sevgisi nima bilan yakun topdi. Uni qaytaraman deb oʻzi ham u bilan birga oʻldi. Sevgining yakuni doimo oʻlim boʻlgan. Sevgi bu oʻlim. Ham ruhan, ham jismonan. Exx opajon! Demak siz ham oʻz ajalingizni - sevgingizni qurboni boʻldingiz...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2