NUR
28-qism
Bu uy va undagi xotiralarning bari men uchun qadirli. Balki shu yerda ruhim orom olar. Qalbimdagi otash tafti biroz boʻlsa ham soʻnar. Ammo u battar alanga olishi ham mumkin. Chunki bu yerdagi har narsada, buyumlar, devorlar har zarrada Veylani koʻraman. Uzoq vaqt unga suyanib yashadim. Dunyoda faqat u bor edi men uchun. Qondoshim, sirdoshim, hamrohim, darddoshim, oilam edi u. Men esa hamon u uchun qasos ololmayapman. Uning tokilgan qoni hamon javobsiz qolmoqda. Va balki u mendan ranjigandir. Ruhi orom ololmayotgandir. Men ojizman. Kuchliman, vahshiyman, qotilman... Ammo ojizman. Bu esa meni tobora ezib bormoqda. Oʻlsam ham behuda oʻlmasligim lozim. Agar Elizabet boʻlmasa hech boʻlmasa uning oilasini...
Yoʻq befoyda. Men uni kuzatdim yaqinlari uchun u oʻlgan hisob. Xolasini yaxshi koʻrmasa kerak. Balki yaqin doʻstlarini oʻldirishim kerakdir. Uning yaqin doʻstlari bor. Ba'zida ularni yashirincha kuzatadi. Ammo doʻst bu shunchaki doʻst. U qachondir oʻladi. Bizning dunyoyimizda doʻst boʻlmaydi. Boʻlsa ham u ham senday - sening olamingdan boʻlishi lozim. U doimo yonida boʻlishiga ishongan, sevgan, jonidan ham ortiq koʻrgan kimnidir oʻldirishim kerak. Volterni! Ammo ular doim birga. Ularga yaqinlashish esa imkonsiz. Men albatta bir yoʻlini topaman. Albatt ularni oʻldiraman...
Kimsasiz huvillagan uyda kursida oʻtirib deyarli uch kecha kunduz faqat qasos olish yoʻllari haqida oʻyladim. Keyin esa zerikdim. Veylaning bir odati bor edi. Insonlardek foto albomi bor edi. Biz koʻp joylarda, shaharlarda boʻlganmiz. Veyla har bir shahardan bir esdalik sifatida suratga tushardi. Men esa u qadar yoqtirmasdim. Menimcha albom shu yerda boʻlishi kerak. Veylaning xonasiga kirib albomni izladim. Xonadagi shkafdan chang qoplagan albomni topdim. Veyla bilan Parij shahrida ilk bor suratga tushganmiz. Oʻn toʻqqizinchi asrda bu hodisani insonlar "Lahzani toʻxtatish moʻjizasi " deb atashar edi. Veyla ham suratdagi oʻzini koʻrib juda hayratda qolgan edi. Mana oʻsha surat albomning ilk sahifasida turibdi. Juda eski hira rangsiz surat. Keyingi surat Londonda olingan. Va yana shunga oʻxshash koʻplab suratlar. Yigirmanchi asrda esa endi suratlar rangli edi. Vaqt oʻtib borar suratlar esa tobora sifatli boʻlib borardi. Keyin Veyla oʻzi fotoapparat sotib oldi. Oʻzi olgan suratlar ham bor. Veyla goʻzallikni hayotni sevardi. Foto albomni yopib uni joyiga qoʻydim. Va toʻsatdan yana boshqa bir foto albomga koʻzim tushdi. Uni olib ustidagi yozuvga koʻzim tushdi. "Dayana"...
Darhol albomni ochib ilk sahifasida uzoqdan hira olingan, ammo shunday boʻlsada sezmaslik mumkin boʻlmagan, Veylaga oʻxshash qizni surati bor edi. Keyingi suratlarda ham u qiz tasvirlangan. Oradan vaqt oʻtgani aniq. Chunki ilk surat sifatsiz boʻlsa oxiradigi suratlar ancha sifatli va hatto uch yil avvalgi yaxshi sifatli fotosuratlar edi. Ammo suratdagi qiz oʻzgarmagandi. Bu nimasi endi?!! Bu qiz kim? Nega Veylada u qizni suratlari bor? Shkafni ochib yana albom yoki biror narsa chiqar deb yaxshilab koʻzdan kechirdim. Izlaganimni toptim! Ustini chang qoplagan, eski, qizil charm muqovali daftar. Bu Veylaning kundaligi edi...
Kundalikni changini artib asta muqovasini ochdim. Ilk sahifaga shunday yozilgan edi: "Veylaning qalbi"
Nafas olishdan toʻxtadim. Bilaman bu ishim xato. Bu uning shaxsiy buyumi, uni men bilmagan va balki bilishim mumkin boʻlmagan narsalar bor. Ammo qiziqish, u haqida men bilmagan narsalarni bilish ishtiyoqi keyingi sahifani ochishga majbur qildi.
" Hoʻsh nima yozishim kerak? Oʻzim ham bilmayman. Men oʻqigan kitoblarda qahramonlarni kundaligi boʻlar edi. Shunda menda ham shunday narsa boʻlsaydi degan istak paydo boʻldi. Hozir esa nima yozishga ham hayronman. Kundalik birovga ayta olmagan soʻzlaringni va sirlaringni yozish uchun tutiladi. Meni sirdoshim ukam Leo. Unga hamma narsani aytaman. Ammo ba'zi narsalar ham borki buni unga aytmaganman. Aytolmaganman. Bu mening sirlarim. Ulkan sirlar. Sir shunday narsaki u seni ichingdan yemirib boradi. Tinching yoqoladi. Uni yashirish esa ba'zida juda mushkul. Sirlar ba'zida kulgili, sababsiz, ahmoqona boʻlsa. Ba'zi sirlar juda daxshatli, ogʻir va ogʻriqli boʻladi. Albatta menda axmoqona sirlar yoʻq. Mening sirlarim daxshatli va ogʻriqli. Faqat meni, agar oshkor boʻlsa boshqalarni ham azoblaydigan sir. Ulardan biri nafaqat men balki butun oilamizga tegishli sir. Jondan ortiq koʻrganim, men uchun qadirli va aziz boʻlgan ukajonim Leo bilan qondosh emasligimiz. Men buni bilardim. Ota onam yashirishgan uringan. Ammo bu sirni men bilardim. Leo ota onamning haqiqiy farzandi. Men esa bir asrandi edim. Yoʻq bu men uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Men ukamni doimo yaxshi koʻrganman. Ammo bir kun Leo buni bilsa u mendan voz kechishidan qoʻrqaman. U hayotimdagi bor quvonchim. U sabab men hamon yashamoqdaman. Oila bu faqat qondoshlik emas. Doimo bir birini tushinish, qoʻllab quvvatlash va sadoqatli boʻlishdir. Ukam mening oilam... "
Qoʻlim titradi. Koʻzlarim shu soʻzlar ustida toʻxtab qoldi. Men butunlay muzlab qotib qoldim. Yoʻq yoʻq u meni tugʻishgan opam emasligini bilganim uchun emas. U mening haqiqiy opam boʻlgani uchun. Tugʻishgan boʻlmasada men uchun har narsaga qodir va jonidan ham ortiq koʻrgani uchun. Yoʻq u adashgan bu sir aslo daxshatli sir emas. Agar u hamon tiriki boʻlganda va men bu sirni bilganimda ham undan aslo voz kechmas edim. Hech qachon...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев