NUR
27-qism
Yana kunlarim bir xillikda oʻtyapti. Oʻtgan hafta ular oilaviy hursandchilik qilishdi. Vampirlar yigʻilishib toʻy qilishdi. Volterning singlisi Alisa oʻz juftini topdi. Ularning doʻstlari koʻp. Bari tillarang koʻzli - Vegetrian vampirlar. Inson qonidan voz kechgan bir toʻda mehribon, oqkoʻngil axmoqlar. Oddiy odamlar kabi bazm, nikoh marosimi... Barini barbod qilib hujum qilmoqchi edim. Ammo baribr bundan naf yoʻq. Bir soniyada mendan gulxan yoqib, jasadim ustida oʻyin-kulgi qilishda davom etishadi. Tashqaridan qaraganda hammasi ajoyib. Ular baxtli. Doʻstlar, yaqinlar, sevikli yori bilan. Men esa ojizman. Hamrohim esa yolgʻizlik. Na doʻstim, qondoshim, oilam bor. Shunchaki alamzada bir maxluqman holos. Men shunchaki ketdim. Taqdir yetaklagan yoʻldan....
Oʻtmishimdan yana bir xotira bor. Veyla bilan tugʻilib oʻsgan yerimizni tashlab qoʻymadik. Garchi koʻp yomon xotiralar qolgan boʻlsada biz uchun boshpana boʻlgan, samimiy bolaligimiz oʻtgan oʻsha uyni asrab qoldik. Albatta oʻz holicha vayrona kulba emas, hozirgi vaqtga mos oddiy uy. Hashamatli ham emas. Shimoliy Irlandyadagi Londonderri shahrida joylashgan. Devilning davrida u yer vampirlar makoni edi. Afsonalarda ham vampirlar aynan oʻsha yerda qirib tashlangan. Hozirgi kunda u yerga sayyohlar tez tez tashrif buyiradi. Bizning uyimiz shahar chekkasida koʻl boʻyida. Sokin va goʻzal joylar. Veyla bilan bu yerda ancha yillar ilgari bir necha yil yashaganmiz. Veyla bu yerlardan ketgisi kelmasdi. Oʻtgan vaqtlarni qumsab oʻsha yerga yoʻl oldim.
Yarim tunda kimsasiz huvillagan boʻm boʻsh uyga kirib keldim. Bu yerga Veylaning oʻlimidan soʻng birinchi marta kelishim. Uy oʻsha holida qolgan. Pol, oʻrindiqlar, oynali stol, chiroqlari xira yonayotgan qandil, kamin yonidagi tebranma kursi barini qalin chang qoplagan. Eshikni yopib tebranma kursi oldiga bordim. Asta tiz choʻkib kursiga boshimni qoʻydim. Koʻzimni yumib xotiralarga berildim...
Yomgʻirli tunda ovdan qaytgach hira chiroq yonib turgan uyga kirdim. Kamin oldida tebeanma kursida qoʻlida kitob ushlagancha Veyla uxlayotgandi. Asta ovozsiz uning oldiga bordim. Qoʻlidan kitobini olib kamin tokchasiga qoʻydim. Ammo u baribir uygʻonib ketdi. Koʻzlarini pir-piratib jilmayib qoʻydi.
- Tez qaytibsanmi ukajon. Men seni tongda kelsang kerak deb oʻylagandim.
Asta oldiga tiz choʻkib tizzasiga bosh qoʻydim. Uning barmoqlari hoʻl sochlarimni toʻzgʻitdi.
- Sizdan havotir olaman.
- Tentakvoy menga jin ham urmaydi. Tur kiyimlaringni almashtir hamma yerni hoʻl qilding.
- Yoʻq shunday yaxshi. Ammo siz sovuq qotgan boʻlsangiz mayli...
- Yoʻq mayli qoʻyaver.
Kamin tokchasidagi kitobga asta qoʻl uzatayotgandi men epchillik bilan olib berdim. U toʻxtagan betini varoqlab topdi.
- Balki uhlab olarsiz. Charchagan koʻrinasiz.
- Yoʻq charchamadim.
- Ha charchamdingiz, ammo kamin oldida uhlab qoldingiz, - qiqirlab kuldim.
Veyla qoʻlidagi kitob bilan peshonamga urib qoʻydi.
-Biroz koʻzim ilindi.
- Qanday kitob oʻqiyapsiz.
- Jorj Bayronning Zulmat nomli kitobi.
- Juda ajoyib vaqt tanlabsiz. Qorongʻu tunda oʻqish uchun ajoyib kitob.
- Jim boʻl. Bu tragediya emas.
- Mayli oʻqishda davom eting.
Veyla tabassum qilib sochlarimni barmoqlari bilan tarab mutolada davom etdi...
Oʻsha uy, oʻsha kamin, oʻsha kursi, kursi qarshisida esa men. Ammo kursi bu safar boʻsh...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев