Предыдущая публикация
”
Chiqib xilvat joylarga,
Ertak aytar soylarga...
Sevgan qizim shunaqa.
Adirlarda bo‘zlaydi,
Chiroyli tosh izlaydi...
Sevgan qizim shunaqa.
Qorlar kechib qishlarda,
Bug‘doy sochar qushlarga...
Sevgan qizim shunaqa.
Gullar so‘lsa yig‘laydi,
Kitob quchib uxlaydi...
Sevgan qizim shunaqa.
1991.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев