Предыдущая публикация
Mayli ketgil...
Nomozshom gullar oy nurida yig'lagan kabi, nigohingdan bitta nur tilab, pichirlaydi ilinjim labi.
Qaramaysan...
Yuzingni yuvar ko'zlarimdan oqqan sog'inch may.
Mayli ketgil...
Shu vido haqqi qalbingni ber. So'nggi bor o'pay.
Sen baribir yaxshisan...
O'tkan kunlar uchun ming bora qulluq.
Faqat bas qil dema...
Ishq umr. Bu ertakning nihoyasi yo'q.
Qara...
Tunning behush bag'rida dilpora oy mastona qalqir. Azoblarning kechib baxridan topisharmiz biz yana balki.
Hayr dema...
Ko'zlarimda qol.
Qara...
Diydam to'la sog'inch may.
Umrimni ol. Azobimni ol.
Qalbingni ber. Bir marta o'pay
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев