Asabimga tegyapti.
-Voy oyijon. Munisa bilan gaplashvammiza telegramda.
-Baraka topgur. Telefonda gaplashlaring. Jonga tegdi tring tring tring tring tringlashi shu telefoningni.
-Munisa begonamasku. Biroz gaplashgani ham qo'ymaysiza.
-Shu sanda bir gap bor qizim. Aniq Munisa bilan gaplashyapsanmi?
-Ha oyijon. Munisa bilan. (Aslida esa yigiti bilan)
-Qizim. Nimanidir sezib yuribman. Shu kunlarda juda o'zgarding. Oldin bunaqa emasdingku. Avvalo shuni unutmaginki qizim, qiz bolaning ishi juda nozik. Sen nafaqat o'z shaningni, o'z g'ururingni yelkangda ko'tarib yuribsan, balki oilang, otang, akangning g'ururini ham ko'tarib yuribsan. Senga nimadir bo'lsa, men bariga javob beraman. Chunki sening tarbiyang, gap so'zlaring, yurish-turishing mening bo'ynimda. Men onaman. Men seni shu paytgacha asrab avaylab keldim. Seni o'z taqdiring, bo'lajak turmush o'rtog'ingga gard yuqtirmay topshirishim kerak. Gaplarimni unutma qizim. O'zingga to'g'ri bo'l!
-Xop oyijon (Qizga onasining gaplari tasir qildi va yigit bilan orani ochdi. Haqiqatan uning g'ururi, oilasining g'ururi ekanligini tushunib yetdi.)
***
-Siz bilan ortiq gaplasholmayman. Meni kechiring.
-Nimaga? Biror sababi bormi?
-Ha. G'ururimni bukmoqchi emasman.
-Nima? Hazillashma! Sani g'ururing manku.
-Mani g'ururim oilam, ota onam, akam. Kimgadir jufti halol bo'lganimda uning g'ururi bo'laman. Oyim to'g'ri aytdilar. Bu ishim yaxshimas. Mani kechiring.
-Hee oyingniyam, seniyam...
-Nima? Siz hali shunaqamisiz? Onamga til tekkizdingizmi?
-Xohlasam adangga til tekkizaman. Nima osonlikcha ketmoqchimisan?
-Ha ketaman. Sizni qandayligingizni endi bildim. Omon bo'ling. Sizni ortiq ko'rishni ham istamayman.
-Eee ketsen ketvur. San bo'masen boshqasi.
-Yaxshi. Boshqasi bilan baxtli bo'ling. Man esa oyim va dadamni o'z oyi dadasidek ko'rguvchi insonni kutaman va baxtga albatta erishaman. Xayr!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2