turgandi. Kimdandir qarz olishni ham oylab
kordim, ammo ancha vaqtdan beri orzu qilib
yurgan narsamni qarz yordamida olgim kelmadi.
Shunday kunlarning birida litseyda birga oqigan
kursdosh dugonam qongiroq qilib qoldi. Litseyni bitirganimga 3 yil bolgan bolsada, osha dugonam
bilan ora-orada xabarlashib turamiz. Bolalikdan
birga osgan Bekzod ismli dostim bilan
unashtirilgan bu qiz bolajak turmush ortogi bilan
xafalashib qolganda menga qongiroq qilib turadi.
Balki, men Bekzodning dosti bolganim, ularning tanishuviga men sababchiligim, Bekzod meni
xurmat qilgani va barcha sirlarini men bilan
bolisha olgani uchunmi, bunday vaqtlari dugonam
dardini menga aytib, oraga tushishimni va ularni
yarashtirib qoyishimni xohlardi (garchan buni
ochiq aytmasa ham, ayrim iltimoslaridan bilardim). Xullas, osha kuni dugonam menga qongiroq qildi
va yiglamsiragan ovozda iltimos, bugun biznikiga
kel, kayfiyatim yoq, koglimga hech narsa
sigmayapti. Birga gaplashib otirardik, uyda hech
kim yoq, siqilib ketyapman dedi. Dugonamning
yonida bolishim kerak degan fikrda, qolaversa dam olish kuni bolgani uchun, onamdan ruxsat
olib, uning yoniga yol oldim. Borganimda,
dugonamning korinishi telefonda
gaplashgandagichalik solgin emasdi. Bir oz
gaplashdik, song dugonam qoliga telefonini oldi
va Bekzodga qo'ng'iroq qila boshladi. Bekzod esa umuman javob bermadi (qiz juda kop marotaba
qongiroq qilsa ham).
- Qoyaver, balki eshitmagandir, sal turib qongiroq
qilarsan - dedim.
- Yoq, javob bermagunicha qilaveraman! Bilib
turibman, jorttaga kotarmayapti telefonni! - Balki, sendan xafadir?...
- Nega ekan? Men undan xafa bolishim kerak!
Oxirgi paytda ozgarib qolgan, telefon qilsam, ishi
borligini baxona qiladi, ozi esa qayta telefon qilib
qoyishni ham bilmaydi!
- Hozir ishlari kop, sen ham uni tushun, ha deb asabiga tegaversang, konglini sovutib yuborasan!
- Ee, nega uning tarafini olaverasan? Iltimos,
bilmagan ishingga aralashmagin!
- Mayli, ozing bilasan…
Birinchi marta dugonamning uyiga borgan edim.
Yaxshi kayfiyat bilan kutib olmaganiga xafa bolmayman, lekin kimningdir uyiga borsang,
yoningda ha deb asabiylashib, nimalargadir jaxl
qilaversa, ozingni noqulay his etarkansan (hatto
dostingning uyida ham). Biz osha kech
ovqatlanmadik ham, u aytganidek dardlashmadik
ham. Faqatgina dugonamning asabiylashishlari, zaxarhanda nigohini tomoshabini boldim.
Shunday bolsada, baribir uni tushunishga harakat
qildim. Ammo, soat kechki 11 boldi hamki,
gavgolarga nuqta qoyilmadi. U Bekzodning
hamma dostlariga, hatto ishxonasidagi
hamkasblariga ham qongiroq qilib chiqdi. Natija bolmagach, birdanga kochalik kiyimlarini kiya
boshladi.
- Qayoqqa? dedim hayratlanib.
- Tur, sen ham men bilan yur, uning ishxonasiga
boramiz!
- Esing joyidami? Soatga qara, yarim tun boladi ha demay!
- Menga farqi yoq, javob bermadimi, endi yuzma-
yuz gaplashamiz!
- Iltimos, bunday qilma, men qorqaman bu
mahalda kochada yurishdan! Yaxshi narsalarni
oyla, hozir jaxldasan, oqibati yaxshi tugamaydi… - Buncha quyonyurak bolmasang? Boshqa
gapirma, tez-tez bol, undan kora!
Dugonamning jaxli chiqsa, aqlini yoqotish odati
hali ham qolmaganini tushundim. Uning ortidan
ergashar ekanman, yuragim gulgulaga tola edi.
Kochada har xil yigitlar nojoya gaplar ota boshlashdi. Yer yorilmadiyu, yerga kirib
ketmaganimga afsus qildim! Dugonam esa shaxd
bilan borar, kozlarida allaqanday jaxl
alangalangan, qorongu kochada uning kozi yalt-
yalt etardi! U menga hech narsa demay, Bekzodga
hamon qayta-qayta qongiroq qilishdan toxtamasdi. Chilonzor tumanidagi qanaqadir
kochalardan otdik, men bu kochalarni qanday
nomlanishini ham bilmayman. Dugonam
taksichiga qarab tezroq haydashni iltimos qilardi.
Bir vaqt qandaydir 2 qavatli kichikroq bino oldiga
kelib toxtadik. Yetib keldik hamki, dugonamning qongirogi ham javob oldi!
- Bekzod aka, men ishxonangizning oldidaman, tez
chiqing!
- Bekor keldik, Xushnuda…
- Buncha gapiraverdig, a?! Men senga
aytgandimki, shu yerda boladi deb. Hozir mendan koradi!
- Iltimos, yumshoqroq gaplash!
- Qorqma, men u bilan qanday gaplashishni
bilaman…
Janjal chiqishidan juda ham qorqqandim.
Hayriyatki, unday bolmadi… Bekzod bosiq, aqlli yigit bolgani uchunmi, yoki mening xurmatim
yuzasidanmi, dugonamga bir dona ham achchiq
gapirmadi, ammo jaxli chiqib turgani shundoq
bilinar edi. U dogonamni tinchlantirdi, telefoni
mashinada qolga ekan. Ishlari kop bolgani sababli,
telefonni umuman unutib qoldiribdi. Balki, bu gap yolgondir. Ammo, Bekzod mening yonimda
ortiqcha gap-soz gapirib, dilxiralik chiqarmaslik
uchunmi, boshqa gapirib otirmadi. Biz Bekzodning
mashinasiga otirdik va ortga qayta boshladik.
Mashinada ham dugonamning Bekzodni tinimsiz
soroq qilishlari, asabga tegadigan gaplari tugamadi. Soat ham allamahal bolgandi. Men esa
dugonamning uyiga borganimdan afsuslar
chekayotgandim. 3 yil birga oqib, dugonamning
men bilmagan jixatlarini 3 soatda bilib olgandim.
Yengil oylashi, ozini qanday tutishni unutgani,
bolajak turmush ortogining xurmatini mening yonimda yer qilgani judayam xunuk edi…
Muammolarga shu bilan ham chek qoyilgani yoq.
Uyga yetib borgach, u Bekzodga qongiroq qila
boshladi, ammo yana narigi tarafdan javob
bolmadi. Yana asabiylashishlar… Men bir tarafdan
Bekzodni tushungandek boldim. U murosali, masuliyatli yigit. Dugonamning aqlsizlarcha
qilayotgan harakatlari gap aslida kimdaligini
isbotlab turardi. Xullas, kechasi 3 ga qadar uyqu
bolmadi, men esa mehribon oila azolarimni bir
kunda soginib qoldim…
Ertasi kuni haligi xarid qilmoqchi bolgan narsamni arzonroq pulga sotayotgan joy chiqdi, singlim
qongiroq qilib shu xabarni aytgach, uyga shoshila
boshladim. Dugonam esa mendan qarzga pul
soradi. Ammo, xarid qilmoqchi bolgan narsam
uchun pul taqa-taq yetay deb turgandi. Unga qarz
bersam, ozimga yetmasdi. Shunday bolsada, qarz berdim… Dostim ham menga ergashib kochaga
chiqdi, song nonushta qilmaganimiz sababli qorni
ochligini, roparadagi kafega kirib biror nima
tanavvul qilib olishni iltimos qildi. Men yoq
deyolmadim... Ovqatlanishga ham kam pul
ketmadi. Dugonam soragan pul va ovqatlanish xarajatlari xarid qilmoqchi bolib turgan narsam
pulini kamaytirib qoydi. Endi uni qanday
olishimniyam bilmasdim. Xayrlashar chogimizda
dugonam yana pul soradi, boradigan joyiga ham
alohida yolkira berib yubordim. Agar, osha vaqtda
ozimga ham pul zarur bolmaganda, vaziyatga achinmasdim… Konglim boshlik qiladi doim…
Xullas, sotib olmoqchi bolgan narsamni
ololmadim… Bir qancha vaqt otib, yana yaxshi
narxga osha men orzu qilgan buyum chiqdi, lekin
pulim sal yetmay turgani sababli, dugonamga
qongiroq qilib, qarzni sorashga majbur boldim. Bundan juda ham xijolat chekdim, albatta...
Dugonam ertaga qaytarishi aytdi. Ammo, ertasiga
ham, undan ertasiga ham, 1-2 hafta otsa ham qarz
qaytmadi… Bu orada u gapining (universitetdagi
kursdoshlari bilan gap oynashardi, navbatdagi
900 000 som unga ekanini aytgandi) pullarini oladigan vaqti ham otib ketdi. Qoliga shuncha
somma tushsa ham, arzimagan qarzini egasiga
kerak payti qaytarmadi. Men bundan xafa
bolmadim, rost! Shu bilan oz ishlarimga chalgib
yurdim. Havas qilgan narsamga yetolmay
yurganimni singlim uydagilarga aytib qoyibdi, buni bilgan dadam menga yordam berdi va orzu
qilgan buyumumni ham sotib oldim! Vaqt
otaverdi, har kuni qongiroq qilib turadigan
dugonam yeru-kok orasida yoqolgandek, jim
bolib ketdi… Ishim saytda bolgani uchun, har kuni
internet tarmoqlari bilan ish olib boraman. Bir kuni elektron manzilimga kirib qarasam, dugonam ham
online aloqada turgan ekan. Xat yozib yubordim,
ammo u chiqib ketdi… Ertasi kuni esa undan javob
xati kelibdi. Oqib, esimdan ayrilay dedim!
Shunaqangi xunuk sozlar bilan haqorat
etilibmanki, hatto sababini tushunolmadim! Men unga nima yomonlik qilgandim, menga shu qadar
uyatli, haqoratli sozlarni aytib, sokib xat yozib
yuboradi? Men kocha-koyda hatto yigitlarning
ham bunchalik sokkanini eshitmaganman! Xatni
mazmuni ham yoq. Shunchaki, 4-5 qator uyatli
sozlar yozilgan. Sen unaqasan, sen bunaqasan, menga xat yozma … va eng oxirida Men
Bekzodman!… Hech narsani tushunolmadim.
Bekzod dugonamning pochtasidagi parolni bilardi,
ammo uning bunaqa xat yozishga vaqti ham
xohishi ham yoq. Bundan tashqari, u meni xurmat
qiladi, hatto salgina qopol munosabatda ham bolmaganmiz shu vaqtgacha. Dugonamning bu
ishidan song quloqlarim shangillar, qollarim
qaltirar edi… Nega u bunday qildi? Aybim unga
qilgan yaxshiliklarimmi? Avvaliga qochib yurgani,
keyin dilimni ogritib yozgan bir olam sozlari
konglimga toshdek botdi. Oldinlari kop kursdosh qizlar menga bu qiz haqida ogohlantirish berib,
unga qoshilmasligimni tavsiya etishgandi. Lekin,
men ularni ora buzuvchilarga yoygandim… Afsus,
juda sodda ekanman! Bir-necha kun otib,
Bekzodga qongiroq qildim, uning raqami boshqa
bir dostida ekan. Qongiroq qilganimdan xabar topgach, ertasiga ozi telefon qildi. Men unga xat
haqidagi gapni aytdim va uni kim yozganligini
soradim. Bekzod aslo ajablanmadi!
- Sen dugonangning qanchalik ayyor ekanligini
endi bildingmi? Men uni juda yaxshi bilaman!
Afsus, xom oylab, osha qizga sovchi qoyib, unashtirilib qoygan ekanman. Endi fotixani
buzolmayman… Men ham uni tanlab adashdim,
dostim… Osha xatni men yozmaganimga
ishonsang kerak, har holda. Meni bilasan, men seni
qanchalik xurmat qilishimni hamma biladi!
Xohlasang, hozir unga qongiroq qilib, uni yonida ham aytaman bu gaplarni. Uyalmasdan, meni
yuzimni qora qilgani uchun men ham gapiraman
unga!
- Yoq, qoyaver. Bu xat sendan emasligini bilardim,
shunchaki sening oldingdan ham otdim…
- Sen xafa bolma, u haqida men bilganlarimi senga aytsam, yigit kishiga yarshmas… Qolgani giybat
bolib ketadi… Ochiq aytaman, bunday qizni men
ham sevmayman… Oldida javobgarman, fotixani
buzib, uning nomini yer qilishdek nomardlikka
yo'l qo'yolmayman. Afsus, ortga yol bolganida
edi… Dardimni faqat sen tushunasan… Bu qizning erkaliklari, tarbiyasizligi meni halitdan toydirdi!
Undan konglim sovib ketgan… Hatto, gaplashgim
ham kelmaydi…
Men bir kunda dugonamning asl yuzini kordim…
Xullas, bor gap shu… Hali ham oylayman, nega
dugonam deb bilgan odamim menga bunday nohaqlik qildi? Ham uzoq yillik dostim bilan
oramizni buzmoqchi bolgani, ham orinsiz
haqoratlari, ham yaxshiligimga yomonlik bilan
javob qaytargani dilimni hali ham ogritadi…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев