Men
kichikligimda ota-onam ötib ketishgan. Akam
menga ham ota, ham ona örnida edi. Qiynalib-
qiynalib meni odam qildilar, öqitdilar. 28 yoshda
uylandilar. Ikki farzandlik ham bölishdi. Akam
meni juda yaxshi körardilar. Gohida yangam menga hazillashib: "Akaiz mendan ham köproq
sizni yaxshi köradi", derdi. Nima topsalar menga
ilinardi. Meni uylantirish niyatlari bor edi. Hammasi
ösha kunlardan boshlandi. Dastavval ancha toblari
qochib bir-necha kun ishga chiqmadilar. Keyin bir
kun hushidan ketdilar. Shifoxonaga obordik. Doktorlar aytishdiki...
Yöq, akajonim bunaqa kasal bölishlari mumkin
emas. Bir necha kun özimga kelolmadim. Akam bu
haqda yangang bilmasin dedi. Doktorlar umid juda
kam deyarli davosi yöq deyishdi, 99 foizga. Bir
foiz umid bor ekan-u deb Xudoga shukr qildim. Doktor agar operatsiya qilinib ilik köchirib
ötkazilsa uni saqlab qolish mumkin deyishdi.
Faqat...
Akamni juda yaxshi körardim. Kelinoyim baribir
bir kun bilib qoldilar. Rosa yig'ladilar. Ikki jiyanim
hali yosh. Ular biz kabi otasiz ösmasligini Allohdan tun-u kun söradim. Akam ularga kerak. Men esa...
Akamga suyak köchirib ötkazishsa faqat meniki
unga mos kelishi mumkin. Faqat... Doktor aytdiki,
hayotimga xavf tug'ilishi mumkin ekan. Tanga
tashlagandek tavakkal deyishdi. Men hali
yoshman. Uylanmaganman. Akam u-n shunday qilishim kerak edi. Doktordan bu haqda akamga
aytmasligini söradim.. Operatsiya kuni
yaqinlashardi. Lekin xotirjam edim. Axir jondan
ortiq jigarim- akamni saqlab qolishim mumkin edi.
Akamga donor topilganini aytishdi. Biroz
sevindilar. Ha, akajonimning ranglari oqarib ketdi oxirgi bir
oyda. Ayniqsa bolalarini körganida boshqacha
ezilardi. Bildirmasalarda mendan bekitolmaydilar.
Bir vaqtlar meni och qolmasin, kiyimi but bölsin
deb yelib-yugurganlarida, kasal bölib qolganimda
kechasi b-n boshimda bedor ötirib chiqqanlaqida nigohlarida shu qörquv bor edi. Akajon, men
bormanku. Siz hali yashaysiz...
Bir kun oldin palatasiga kirdim. Yolg'iz ekan. Meni
quchoqlab vasiyatomuz gaplar aytdilar. Men hali
köp yashaysiz, operatsiya yaxshi ötadi dedim.
Tong otdi. Bu tong akamga yangi hayot ato etadi. Men... nasib qilsa yashayman.
Shifoxonaga kelsam doktor akamni palatasi
yonida xafa holda turardi. Salomlashdim,
operatsiyaga tayyorligimni aytdim. U: "Endi
operatsiyaning foydasi yöq",-dedi. Nima bölganini
sezdim-u öylaganim notög'ri chiqsin deb söradim: -Nima?
-Akangiz olamdan ötdi, bandalik uka, bardam
böling...
Sovuq ter chiqib ketdi tanamdan. Ötirib qoldim.
Doktor akamni köp dori ichvorganini aytdi va
qölimga qog'oz tutqazdi. Akamning yozuvlari: "Ukaginam, sendan roziman. Lekin tugab bölgan
odam u-n hayotingni xavf ostiga qöyishning
keragi yöq. Yangang va jiyanlaring senga omonat.
Xudo yor bölsin!" Yig'lavordim. Akam bilgan
ekanlar... "Men ham akajon sizga bir martagina
g'amxörlik qilmoqchiydim. Sizni qanchalik yaxshi körishimni isbotlamoqchiydim. Qarang akajon,
baribir siz meni köproq yaxshi körarkansiz..."
2009-yil, 18-mart.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев